«Favqulodda holat». Hukumatga 10 kun muhlat berildi
|22:20 / 12.04.2017188 43711 min
11 aprel kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu safargi videoselektor öta tanqidiy ruhda ötgan.
«Kun.uz» manbasining ma'lum qilişiça, Şavkat Mirziyoyev mamlakatda ijobiy ma'noda «favqulodda holat» e'lon qilgan. Dunyo iqtisodiyotidagi noaniqlar, narx-navoni prognoz qilib bölmayotgani xalq xöjaligiga e'tiborni kuçaytiriş, 24 soat işlaşni taqozo qilayotgani haqida gapirgan. Majlisda boş vazir örinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantiriş, tarkibiy özgartirişlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş kompleksining rahbari Rustam Azimov sözga çiqib, dunyo bozori kon'yukturasi haqida atrofliça tuşuntirib bergan va prezident tomonidan taklif qilingan çoralar zarurligiga dalillar keltirgan.
Prezident majlisda deyarli barça davlat hokimiyati va boşqaruvi rahbarlarini jiddiy ogohlantirgan, ba'zi amaldorlar işdan böşatilgan.
Xalq ta'limi vazirligi - U.I.Inoyatov, Davlat raqobat qömitasi - D.A.Hidoyatov, «Özfarmsanoat» AK - M.M.Döstmuradov, Örta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori U.Z. Salimov va boşqa bir qator boşqaruv organlari rahbarlari belgilangan talablar va Vazirlar Mahkamasining reglamentini qöpol ravişda buzilişiga yöl qöygani aytilgan.
Vazirliklar, idoralar va hokimliklarning ayrim rahbarlari yuritayotgan iş uslubi qoğozbozlik keltirib çiqarayotgani ta'kidlangan. Markaziy iqtisodiy, moliya va bank organlari apparatlarida byurokratizm holatlariga barham berilmagani, xulosalar çözilib tayyorlanişi oqibatida ustuvor vazifalarni amaliy va samarali hal etiş barbod qilinayotgani qayd etilgan.
«Uşbu jiddiy kamçiliklarni bartaraf etiş uçun Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.M.Ğaniyev va uning örinbosari Ş.A.Tölaganov, şuningdek vazirlik apparatining boş boşqarmalari va boşqarmalari rahbarlari amaliy çora-tadbirlar körmayapti. Iqtisodiyot vazirligi (G.K.Saidova) va Moliya vazirligi (B.A.Xöjayev) tomonidan Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi, «Davarxitektquriliş» qömitasi tizimini, respublika soğliqni saqlaş, oliy ta'lim va kommunal xizmat körsatiş sohalarini isloh qiliş böyiça hujjatlar turkumi puxta ekspertizadan ötkazilişi ta'minlanmagan», degan prezident.
Mavzuga oid
Içki işlar vazirligining (A.A.Azizov) markaziy apparatida va uning hududiy bölimlarida, ayniqsa, tuman va şahar böğinida ijro intizomi tizimini jiddiy ravişda mustahkamlaş talab etilişi qayd etilgan.
«Vazirlikning butun tizimini va ayniqsa tuman böğinini tubdan qayta taşkil etiş, şuningdek, profilaktika inspektorlari işi samaradorligini oşiriş böyiça topşiriq asossiz ravişda sustkaşlik bilan bajarilmoqda. Ijro intizomining pastligi holatlari va misollari boşqa bir qator huquqni muhofaza qiliş organlarida ham oxiriga qadar bartaraf etilmagan», degan prezident.
Davlat rahbari Qaşqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlari - Z.Ş.Röziyev, E.O.Turdimov va P.R.Bobojonov tomonidan nazorat susaytirib yuborilgani, şuningdek, hukumat qarorlari loyihalarini vazirliklar va idoralarda puxta işlaş va ekspertizadan ötkaziş muddatlari çözilib ketgani tufayli 2017 yilda uşbu hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişni örganiş davomida berilgan ayrim topşiriqlarning ijrosi keçiktirib yuborilgan va töliq hajmda bajarilmagan. Körsatib ötilgan kamçiliklar Toşkent şahri hokimi R.J.Usmonovga ham xos bölgan.
Ijro intizomini mustahkamlaş, Özbekiston prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlari loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan ötkazişni taşkil etiş, şuningdek, ularning öz vaqtida va sözsiz amalga oşirilişini ta'minlaş muammolari Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi apparatida talabçanlik yetarli emasligi oqibatida yuzaga kelayotgani qayd etilgan.
Boşqaruv organlari ayrim rahbarlarining, viloyatlar, şaharlar va tumanlar hokimlarining şaxsiy mas'uliyatsizligining körsatib ötilgan holatlari, qabul qilingan qonunlar, Özbekiston respublikasi prezidenti farmonlari, qarorlari, yozma va oğzaki topşiriqlari, şuningdek hukumat qarorlari sözsiz va öz vaqtida ijro etilişiga nisbatan yuzaki munosabatda böliş, ularning monitoringini olib borişning amaliy tizimi mavjud emasligi muayyan darajada mamlakatni izçil rivojlantirişning, uning iqtisodiyotini mustahkamlaşning, aholining moddiy farovonligini oşiriş va jamiyatda barqarorlikni ta'minlaşning joriy va istiqboldagi köp qirrali vazifalari öz vaqtida va samaralari amalga oşirilişiga salbiy ta'sir körsatayotgani keltirib ötilgan.
Körsatib ötilgan va boşqa kamçiliklarni keçiktirmasdan va tezkor bartaraf etiş, Özbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topşiriqlari ijrosini taşkil etiş va monitoring olib borişning amaliy tizimini yaratiş, mas'uliyatsizlikning, özining töğridan-töğri funksional vazifalarini bajarişga yuzaki munosabatda bölişning har qanday holatlariga yöl qöymaslik va oldinga qöyilgan maqsadlar va vazifalarga erişiş sözsiz ta'minlanişi uçun mansabdor şaxslar barça toifalarining şaxsiy javobgarligini belgilaş va çoralarni kuçaytiriş maqsadida mansabdor şaxslarning va ular rahbarlik qilayotgan vazirliklar, davlat qömitalari, xöjalik birlaşmalari apparatlari xodimlari va barça darajalardagi hokimlar şaxsiy mas'uliyatsizligining har qanday holatlari mavjud bölişi, ular tomonidan va eng avvalo qabul qilingan qonunlarni, Özbekiston Respublikasi prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari hamda topşiriqlari, şuningdek, hukumat qarorlarini amalga oşiriş böyiça ijro intizomini susaytirilişiga toqat qilinmaydigan va yöl qöyib bölmaydigan holat deb hisoblanadi.
2017 yil 26 martda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rayosati tomonidan Özbekiston Respublikasi prezidentining hujjatlari va topşiriqlari öz vaqtida va sifatsiz bajarilgani uçun Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri - E.M.Ğaniyevga, Soğliqni saqlaş vazirligi rahbarlari - A.K.Şodmonov, B.A.Otaxonov, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.K.Şaropovga, «Özfarmsanoat» kompaniyasi raisi - M.M.Döstmurodovga va «Özbekenergo» AJ raisi - F.I.Salomovga, Navoiy viloyati hokimi - K.B.Tursunovga, Namangan viloyati hokimi - X.X.Bozorovga hamda Vazirlar Mahkamasi departamentlari rahbarlari B.K.Yusupaliyev, D.X.Nabiyev, I.R.Mahkamovga intizomiy çora belgilangan.
Özbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi B.X. Abdusamatovni hayfsan şaklida intizomiy javobgarlikka tortiş töğrisida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taklif yuborilgan.
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvçi apparatining Nazorat bölimi mudiri F.X. Ğaybullayevni lavozimidan ozod etiş qarori qabul qilingan.
Qömita va uning tarkibiy bölinmalari faoliyatida samarali natijalarga erişilmagani, Vazirlar Mahakamasining 2017 yil 14 yanvardagi majlisida berilgan topşiriqlarning ijrosi yuzasidan amaliy kompleks çora-tadbirlar körilmagani hamda Özbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasini puxta işlab çiqişdagi şaxsiy intizomsizligi uçun Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi D.Hidoyatov lavozimdan olingan.
Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi B.I. Zokirov va uning birinçi örinbosari A.R.Töxtayev ham hayfsan olgan.
Şuningdek, 2017-2021 yillar davrida respublika oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantiriş dasturini işlab çiqişning belgilangan muddatlari qöpol ravişda buzilgani va puxta işlab çiqilmagani uçun Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri R.S.Qosimovga hayfsan e'lon qilingan.
Toşkent şahri hokimi R.J.Usmonovga Özbekiston Respublikasi prezidentining va respublika hukumatining ayrim topşiriqlari öz vaqtida bajarilmagani va sifati darajasi pastligi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reglamenti talablari buzilişiga yöl qöyib bölmasligi, hukumat qarorlari loyihalarini ekspertizadan ötkazmasdan va tegişli vazirliklar va idoralar, eng avvalo, vakolatli organlar bilan kelişmasdan kiritişning bir qator holatlarini qat'iy körsatib ötiş körsatma qilingan.
Boş vazir A.N.Aripov, boş vazirning birinçi örinbosari O.J.Ramatov, boş vazir örinbosarlari R.S.Azimov, Ğ.I.Ibragimov, Z.T.Mirzayev, T.K.Norboyeva va U.U.Röziqulovga 10 kun muddatda ijro intizomi pastligining körsatib ötilgan kamçiliklarini bartaraf etiş va bundan buyon ularga yöl qöymaslikning amaliy çora-tadbirlari 2017 yilning birinçi çoragi yakunlari böyiça vazirliklar, davlat qömitalari va xöjalik birlaşmalarining kollegial organlarida, Vazirlar Mahkamasi komplekslari va respublika hukumatining majlislarida muhokama qilinişi va tasdiqlanişini ta'minlaş körsatma qilingan.
Boş vazirning birinçi örinbosari A.Ramatovga öz kompleksi tarkibiga kiruvçi vazirliklar va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni öz vaqtida va puxta tayyorlaşda tizimli buzilişlar mavjudligiga, ularning rahbarlariga nisbatan talabçanlik yöqligiga e'tibor qaratiş körsatma qilingan.
Rustam Azimov kompleksida esa öz vaqtida bajarilmagan topşiriqlar soni ösayotgani kuzatilayotgani qayd etilgan. Unga hududlarda iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştiriş, mahalliy byudjyetlarning daromad qismini kengaytiriş va soliq ma'murçiligi samaradorligini oşirişga, uşbu vazifalarni amalga oşirişda viloyatlar, şaharlar va tumanlar hokimliklarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosarlarining işlari öta yetarli emasligiga e'tibor qaratiş vazifasi topşirilgan.
Boş vazir örinbosari, Geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari I.Ğ.Ibragimovga yirik, eng avvalo, neft-gaz tarmoğidagi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça hujjatlar loyihalarini ekspertizadan ötkaziş, şuningdek, asbob-uskunalar, materiallar va xom aşyoni import qiliş bilan boğliq loyihalarni optimallaştiriş zarurligiga e'tibor qaratiş vazifa qilingan.
Şuningdek, U.U.Röziqulov Vazirlar Mahkamasining har bir kompleksi böyiça eksportning holati batafsil tahlil qilinişiga, şuningdek, respublikaning 66 foiz ixtisoslaştirilgan qişloq xöjalik tumanlari böyiça körilayotgan çora-tadbirlarning samaradorligini oşirişga alohida e'tibor qaratişi kerakligi aytilgan. Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti qadrlarini şakllantirişda sustkaşlikka yöl qöyilayotgani qayd etilgan.