Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7–8 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi.
Davlat rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Joriy yilda MDHga Rossiya raislik qilmoqda. Sammitda raislik Tojikistonga o‘tadi.
MDH Ijroiya qo‘mitasiga ko‘ra, 8 oktyabr kuni o‘tkaziladigan sammitda hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro hamkorlik, 1941 yildagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan MDH mamlakatlari xalqlari va jahon hamjamiyatiga murojaati, 1945 yilgi urush va MDH Parlamentlararo Assambleyasining integratsion hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyati va boshqa masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbarlari kelgusi uch yil uchun hamdo‘stlikning madaniy poytaxtlarini belgilash to‘g‘risidagi qarorlarni imzolaydi, huquqiy sohadagi hamkorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalariga oid bir qator hujjatlarga o‘zgartishlar kiritadi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
16:30 / 01.10.2024