Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat migrantlari rus tili bo‘yicha imtihonni O‘zbekistonda topshirishi mumkin bo‘ladimi?
Rossiyaning Pushkin (Moskva) nomidagi rus tili davlat instituti mehnat migrantlarini sinovdan o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin. O‘zbekiston hududida rus tili bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish masalasi ikki tomon delegatsiyasi uchrashuvida muhokama qilindi.
O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishlash uchun tashkiliy yollash bo‘yicha davlatlararo kelishuvga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga rasmiy tashrifi davomida erishildi. O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Pushkin Instituti ma'muriyati bilan ehtimoliy hamkorlik masalasini muhokama qildi.
Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti boshqa davlat fuqarolarini testdan o‘tkazish bo‘yicha davlat tizimiga javob beruvchi Rossiya test konsorsiumi tarkibiga kiradi. Institut bilan birgalikda ishlashdan maqsad – o‘zbekistonliklar uchun RFda ishlashga ruxsat olish jarayonini maksimal darajada yengillashtirish. Ayni damda u o‘z ichiga rus tili, tarixi va Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha majmuaviy imtihonni qamrab oladi. Rejaga ko‘ra, rus tili bo‘yicha sinovdan O‘zbekiston hududida o‘tish hamda imtihonga tayyorlash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilishi mumkin, deb xabar bermoqda "Obruchevskiy meridian" gazetasi.
Uchrashuvda chiqish qilgan Aziz Abduhakimovning eslatishicha, Rossiya hududida O‘zbekistondan bo‘lgan qariyb 1,6 mln. mehnat migranti bor, hamda respublika ularning xorijda ishlashida qonunga rioya etilishidan manfaatdor.
Mavzuga oid
21:27 / 09.02.2026
Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasida rus tili to‘g‘risidagi ta’rif o‘zgartiriladi
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
20:00 / 26.10.2025
Rus tili imtihonidan o‘tolmagan migrantlar soni ma’lum qilindi
20:53 / 02.09.2025