21:21 / 14.04.2017
13369

O‘zbekistonda 60 ta yangi agrofirma tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi EDO-03-12-3-son Bayonnomasiga muvofiq, meva-sabzavot, kartoshka, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni hal etish maqsadida ishchi guruh tashkil etildi.  

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan  hamkorligi natijasida mintaqalarda 60 ta agrofirma tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 fevraldagi topshirig‘i bilan noan'anaviy moyli ekinlar ekish va yetishtirishni ko‘paytirish Dasturi tasdiqlandi. 

Ushbu dastur ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” Xolding kompaniyasi tizimidagi yog‘-moy korxonalari 3900 gektar, jumladan, 2300 gektar maxsar va 1600 gektar kungaboqar noan'anaviy moyli ekinlari, ekishni ta'minlash ko‘zlangan.  

Bu xolding tarkibidagi yog‘-moy korxonalari ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni oshirishga va aholini ishlab chiqarilayotgan yog‘-moy mahsulotlari bilan ta'minlashni ko‘paytirishga, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkon beradi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi PQ-1731-sonli Qarorining 6-bandiga asosan, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, valyuta tushumlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda.   

2017 yilda yangi mahsulot turlari jumladan, qandolat (32,0 ming dollar), meva-sabzavot (47,4 ming dollar) va sut mahsulotlari (82,7 ming dollar) eksportini amalga oshirish, shuningdek, geografiyasi (Germaniya, Xitoy, Avstriya) ni ham kengaytirish rejalashtirilgan. 

Top