13-14 aprel kunlari Özbekistonda akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari, mamlakat vazirliklari, idoralari, milliy va hududiy OAV vakillari BMTning Qöşma dasturi “Orolböyi mintaqasi uçun inson xavfsizligi böyiça köpşeriklik fondini taşkil qiliş orqali Orol fojyeasidan zarar körgan aholining turmuş şaroiti salohiyatini mustahkamlaş” taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasiga tanişuv safarida iştirok etişdi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.

Asosiy maqsad - BMT Qöşma dasturining birinçi bosqiçida erişilgan natijalar bilan tanişiş, qatnaşçilarga donorlarning keng iştiroki orqali tuzilişi taklif qilinayotgan köpşeriklik fondining hamda Orolböyi mintaqasi rivojiga qaratilgan sa'y-harakatlarni birlaştirişning ahamiyati haqida ma'lumot berişdir.

Meteorologik stansiyani işga tuşiriş marosimida yuqori martabali mehmonlarni qutlar ekan, Özbekistondagi BMTning Doimiy muvofiqlaştiruvçisi, BMTTDning Doimiy vakili janob Stefan Prisner mamlakatda faoliyat olib borayotgan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Özbekiston hukumatiga va Orol dengizi fojyeasi natijasida aziyat çekkan mahalliy aholiga inson xavfsizligini ta'minlaş bilan boğliq bölgan turli muammolar yeçimini topiş orqali kömak berişga tayyorligini ta'kidladi.

Xususan, Özbekistondagi BMTD va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan hamda iqlim özgarişlari haqida BMTning doiraviy konvensiyasini Moslaşuv (Adaptatsion) fondi tomonidan moliyalaştirilayotgan “Özbekistonning qurğoqçil tumanlarida joylaşgan fermer va dehqon xöjaliklarining iqlimiy barqarorligini ta'minlaş” qöşma loyihasi Qoraqalpoğistonning beşta namunaviy tumanlarida faoliyat körsatmoqda.

Nukus şahridagi Qöşma dastur ofisida ötkazilgan uçraşuv paytida iştirokçilar BMTning Orolböyi hududidagi kömak beriş ustuvorliklari haqida qisqa taqdimot bilan tanişdilar, Qöşma dastur yangi bosqiçi Orolböyi mintaqasi uçun inson xavfsizligi böyiça köpşeriklik maqsadli fondi doirasida xalqaro hamkorlarni muvofiqlaştirilgan holda yanada köproq jalb qilişni maqsad qilgani haqida batafsil ma'lumot oldilar.

Möynoq ölkaşunoslik muzeyi va Möynoq tumanidagi kemalar qabristoniga safar Qoraqalpoğiston aholisini ilgarigi va hozirgi voqelikdagi turmuş faoliyatining umumiy suratini şakllantiriş imkonini berdi.