Xuddi şunday insonlarning bir guruhi oradan yillar ötib Nukusda töplanişdi va öz tarixiy Vatani bilan qayta tanişişdi.
Mehmonlar orasida bugun Qozoğiston, Rossiyada yaşovçi qoraqalpoqlar ançagina. Ularning aksariyati öz davlatida qoraqalpoq milliy-madaniy markazlarini oçgan. Ança yillar ilgari Qoraqalpoğistonni tark etganmiz, lekin Vatan unutilmaydi, mehrimiz va hurmatimiz boriça saqlangan, deydi ular.


Yelena Döspanova bundan qariyb 20 yil avval Moskva şahriga köçib ketgan. U tarjimon va şu bilan birga Moskvadagi qoraqalpoq madaniy markazi rahbari.
“Yillar ötib, Nukusni körarkanman, özgarişlar kattaligiga guvoh böldim. Men ketganda 2-3 markaziy köçalar zamonaviy edi xolos. Hozir baland-baland binolar qurilibdi, aholiga qulay tizim yaratilibdi. Qoraqalpoq xalqi hayotidan rozi, baxtli bölişini xohlayman. Vatanimdan uzoqda yaşasamda, unga mehrim özgarmadi. Imkoniyatim bölsa, qaytişga ham rozi edim”, - deydi Döspanova.

Mehmonlar Qoraqalpoğistonning turli tarixiy-madaniy obektlarida bölişmoqda. Masalan, Nukus şahridan qariyb 150 km uzoqlikda joylaşgan qadimiy Tuproqqal’a yodgorligi, Beruniy tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi, Qora Teren köli, Nukus şahridagi IT park, jahonning Ginnes rekordlar kitobiga kirgan qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi - ötov ham şular jumlasidan.
Şoxrux Majidzoda tayyorladi
Rasmlar muallifi Asror Almurodov











