Nukus şahridagi “Oqquş” me’morçilik kompleksida joylaşgan ötov dunyodagi eng kattasi deya baholanib, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. 22 avgust kuni komissiya a’zolari rasmiy sertifikatni topşirdi. Kun.uz qoraqalpoq milliy qora uyining qanday qilib bu natijaga erişgani xususida material tayyorladi.

Bundan 5 oyça avval “Oqquş” me’morçilik kompleksining bu qismi quruq yerdan iborat bölgan. Işlarga boş-qoş bölganlarning aytişiça, oxirgi 4 oyda iş kun-u tun davom etdi. Ötov quriş boşlanişidan avval uni Ginnessning rekordlar kitobiga kiritiş taklifi bildirilgan, söngra rasmiy ariza jönatilgan. Ma’lum bölişiça, komissiya ötov qurilişidan tortib, bitguniga qadar har bir işdan boxabar bölib turgan.

Ötovning dizayniga töxtalsak, deyarli hamma joyida qoraqalpoq milliy naqşlari bor. Loyiha ustida nukuslik yoş arxitektor-dizaynerlar işlagan. Ötovning diametri 40.5 metr, balandligi esa 22 metr. Uni qurişda injyener-arxitektorlar Toşkentdan çaqirilgan. Çunki bunday kattalikdagi ötovni ustunlarsiz quriş imkonsizdek tuyulgan, söngra muhandislik tomonlama aniq yeçimlar berilgaç, rekordlar kitobi komissiyasi ham buni qabul qilgan.

Nukusdagi «Savitskiy» muzeyi Etnografiya bölimi boşliği Aygul Pirnazarovaga köra, ötovning rekord örnatişi bu - qoraqalpoqlar milliyligini dunyoga tanitiş bilan teng. Uning qöşimça qilişiça, uşbu naqşlar qoraqalpoq milliy kaştasi va matolaridan olingan.