Xokkey bo‘yicha Gagarin kubogi g‘olibi ma'lum bo‘ldi
Sankt-Peterburgning "SKA" xokkey klubi Kontinental xokkey ligasi final seriyasining 5-o‘yinida Magnitogorskning "Metallurg"ini mag‘lub etib, Gagarin kubogini qo‘lga kiritdi.
16 aprelda Magnitogorskda o‘tgan uchrashuv mehmonlarning 5:3 va seriyadagi 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida shaybalarni Oskar Osala (9-daq.), Viktor Antipin (24) va Yaroslav Kosov (41), g‘olib jamoa safida esa Nikita Gusev (28), Aleksandr Barabanov (30), Yevgeniy Dadonov (35), Ilya Kovalchuk (41) va Sergey Plotnikov (59) kiritdilar.
SKA ushbu nufuzli sovrinni tarixda 2-marotaba qo‘lga kiritdi. Armiyachilar birinchi marotaba bu kubokni 2014/15 yillardagi mavsumda Qozonning "Ak-Basr" klubiga qarshi finalda qo‘lga kiritgandilar.
Mavzuga oid
08:50 / 31.05.2024
Toshkentda muz saroyini o‘z ichiga oluvchi Xokkey sport majmuasi quriladi
18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi
22:47 / 30.04.2024
O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempioni bo‘ldi
13:30 / 19.03.2023