GM Uzbekistan uch modeldagi avtomobilni ishlab chiqarishni to‘xtatdi

«GM Uzbekistan» AJ Tico, Epica va 2-avloddagi Nexia avtomobillari ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar tufayli Tico modeli ishlab chiqarishdan 2004 yilda olinganini, Epica ishlab chiqarish 2012 yilda to‘xtatilgani, 2-avloddagi Nexia esa 2016 yilning 1 avgustidan boshlab ishlab chiqarilmayotganini xabar qildi.
"2008 yilda Nexia avtomobilining modernizatsiyasi o‘tkazildi. Bu iste'molchilar xohishi va bozor talablari tufayli amalga oshdi. 2-avloddagi Nexia modellarini ishlab chiqarishni to‘xtatish ekologik standartlar va xavfsizlik tizimlari bo‘yicha yangi talablarning joriy etilishi bilan bog‘liq. Shuning uchun avtomobillarning eskirgan arxitekturasiga talab etilayotgan xavfsizlik va ekologiya tizimlarini tadbiq etish imkonsiz bo‘lgani uchun, 2016 yilning o‘rtalarida Nexia'ning 3-avloddagi yangilangan va zamonaviy modelini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu model zamonaviy va iqtisod qiluvchi 1,5 l. dvigatel, ABS tizimi, xavfsizlik yostiqchalari, immobilayzer, kurs barqarorligi tizimi, DRL, ISOFIX bolalar avtoo‘rindiqlarini joylashtirish imkoniga ega. Ishlab chiqarilayotgan uchinchi avloddagi Nexia avtomobillari barcha ekologik talablar va xavfsizlikning yuqori texnologiyali tizimiga javob beradi", - deya aniqlik kiritishdi kompaniyada.
Shuningdek, GM Uzbekistan’da ta'kidlashlaricha, model qatoridagi barcha o‘zgarishlar, modifikatsiyalar, optsiyalar hamda avtomobillar narxi haqidagi ma'lumotni ishlab chiqaruvchi rasmiy sayt va Facebook’dagi sahifada taqdim etib boradi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Astronavt koinotdan Yer ustidagi ulkan spraytni ko‘rsatdi
Jahon | 18:13
-
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi
Jahon | 17:44
-
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi
Jahon | 17:18
-
“Golden cash” ishi: “ko‘rinmas odam” o‘zbekistonliklarni qanday chuv tushirgandi?
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

17:58 / 01.09.2023