Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bir vazirlik mansabdori tuman hokimligiga tushirildi
Toshkent shahri Yashnobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, bu lavozimga Dilmurod Turdiyev Rahmatjonovich tayinlangan.
Turdiyev bungacha Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Foto: REDNews
Turdiyev Dilmurod 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining Demografiya, ijtimoiy sohani va mintaqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Yashnobod tumanining avvalgi hokimi Hakimov Farrux Erkinovichning keyingi faoliyati haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Toshkent shahri hokimiyatidagi manbaning bildirishicha, yana boshqa tumanlarda rahbarlar o‘zgarishi kutilmoqda.
Davlat qo‘mitasidan tumanga. Chilonzorga yangi hokim tayinlandi
Mavzuga oid
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
18:31 / 26.01.2026
Hokimlar yanvar oyida 400 ga yaqin qarorni asossiz yashirgani ma’lum bo‘ldi
19:21 / 01.01.2026