Jahon | 21:13 / 18.04.2017
8733
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton Obamadan kechirim so‘ragan

AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton AQShda o‘tgan 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyati uchun AQShning sobiq prezidenti Barak Obamadan kechirim so‘ragan. Bu haqda "Ro‘yobga chiqmagan: Hillari Klintonning kampaniyasi ichida" deb nomlangan kitobdan parcha chop etgan The Washington Post nashri ma'lum qildi

Nashrning yozishicha, saylov natijasi aniq bo‘lgan kecha Obama Klintonga mag‘lubiyatni tan olish taklifi bilan qo‘ng‘iroq qilgan. Klinton bunga rozi bo‘lgan va saylovlarda g‘olib bo‘lgan Donald Trampni telefon orqali tabriklagan.

Bir necha daqiqa o‘tib Klinton Obamaga qo‘ng‘iroq qilib, saylovdagi mag‘lubiyati uchun kechirim so‘ragan.

"Janob prezident, kechiring", deb aytgan Klinton.

Mavzuga oid