Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada favqulodda holat rejimi yana uzaytirildi
Turkiya parlamenti mamlakatda favqulodda holat tartibini yana 90 kunga uzaytirish taklifini ma'qulladi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq Turkiya hukumati Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda holat tartibini uzaytirish bo‘yicha taklifini ma'qullagandi.
Oxirgi marta yanvar oyida favqulodda holat tartibi 90 kunga uzaytirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada favqulodda holat rejimi 2016 yil iyul voqealaridan keyin 21 avgust kuni uch oylik muddatga kiritilgandi. Shundan buyon o‘tgan yilning oktabrida va shu yilning yanvarida bu tartib 90 kun muddatga uzaytirildi.
O‘tgan yilning 16 iyulga o‘tar kechasi yuz bergan isyon Turkiya Qurolli kuchlari askar va zobitlari guruhi tomonidan tashkillashtirildi. Anqara bunda AQShda yashovchi muxolifatchi Fathulloh Gulan va uning tarafdorlarini ayblagan.
Turkiya hukumati favqulodda holat rejimida parlament tasdig‘isiz fuqarolar huquq va erkinliklarini cheklovchi choralarni qabul qilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026