Dunyodagi eng og‘ir ayol 245 kilogramm vazn tashladi (video)

Dunyodagi eng og‘ir ayol deb hisoblab kelingan misrlik Imon Ahmad Abdulatiy o‘z vaznining deyarli yarmini tashlay oldi va uzoq yillardan beri ilk marta o‘tira oldi. Ayolning vazn tashlagandan keyingi ko‘rinishi videosini The Daily Mail nashri namoyish qildi.
"U baxtliroq va qomatliroq ko‘rinmoqda. U nihoyat nogironlar aravachasiga o‘tira oldi va o‘zgalarning yordamisiz o‘tirishni o‘rgandi. Vaholanki, 3 oy avval bu haqda orzu ham qilib bo‘lmasdi", deb aytdilar ayolni davolayotgan shifokorlar.
Ayol Misrdan Hindistondagi shifoxonaga olib kelinganda vazni yarim tonnadan og‘irroq kelgan. 36 yoshli ayol hozir 245 kilogrammdan ko‘proq vazn tashladi va ozishda davom etmoqda.
Ayol ortiqcha vaznni jiddiy kasalliklar sababli orttirib olgan. U bolaligidan fil kasalligi va bezlarning yaxshi ishlamasligidan aziyat chekib kelgan. Bundan tashqari, u insultni boshdan kechirgan va 25 yoshida yotib qolgan.
2017 yil fevralda ayolga mumbaylik shifokor Muffazal Lakdavala yordam berishga tayyorligini bildirgan. Imon Mumbayga maxsus jihozlangan samolyotda keltirilgan. Mart oyida unda oshqozonni dastlabki o‘lchamidan 15 foizga kichraytirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan va bir qism yog‘ olib tashlangan.

Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

02:18 / 10.05.2025
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi

12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

14:05 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

12:58 / 03.05.2025