Sport | 09:19 / 21.04.2017
12868
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ligasi g‘olibligi uchun kurashadigan 4 jamoa qoldi

UYeFA yevropa ligasi 2016/17 yilgi mavsum yarim final ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi.

Musobaqa chorak finali yakunlariga ko‘ra, musoboqani Belgiyaning «Anderlext» va «Genk», Germaniyaning «Shalke-04» va Turkiyaning «Beshiktosh» jamoalari tark etdi. Ispaniyaning «Selta», Angliyaning «Manchester Yunayted», Niderlandiyaning «Ayaks» va Fransiyaning «Lion» jamoasi keyingi bosqichga, ya'ni yarim finalga yo‘l olishdi.

Yevropa ligasi yarim finali uchun qur'a tashlash 21 aprel kuni Shvetsiyaning Non shahrida bo‘lib o‘tadi. 

1/2 final uchrashuvlari 4 va 11 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnirning final o‘yini 24 may kuni Shvetsiyaning Soln shahridagi «Frends Arena» stadionida tashkil etiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid