O‘zbekiston | 20:35 / 21.04.2017
13544
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari olib borildi

10-20 aprel kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

«Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘iziston Respublikasining Batken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari va topografik yer tuzish ishlari olib borildi», — deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, muzokaralar yakuni bo‘yicha uchrashuv bayonoti imzolangan.

Uchrashuv an'anaviy do‘stona va o‘zaro tushunish muhitida bo‘lib o‘tgani qayd etilgan.

Mavzuga oid