Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda turizm vazirligiga asos solinmoqda
Foto: Mohammad Ismail / Reuters
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatda turizm vazirligi yaratilishi haqidagi farmonni imzoladi. Yangi vazirlikning yaratilishidan maqsad mamlakatga xorijiy sayyohlarni jalb qilishdan iborat. Bu haqda Al Bawaba nashri xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, turizm ishlari bo‘shicha davlat vaziri lavozimini avval parlament ishlari bo‘yicha vazir bo‘lgan G‘ulom Nabi Farahiy egallaydi.
Hozircha vazirlik haqida boshqa tafsilotlar ma'lum emas.
Afg‘oniston deyarli 40 yildan beri turli qurolli ixtiloflardan aziyat chekib keladi. Bu esa mamlakatda turizmning xavfsiz emasligiga olib kelgan.
O‘tgan yil avgustida "Tolibon" jangarilari AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyadan kelgan sayyohlar avtobusiga Eron bilan chegarada joylashgan Hirot shahri yaqinida hujum uyushtirishgan. Hujum oqibatida 6 kishi, jumladan avtobus haydovchisi jarohat olganlar.
Afg‘onistonga borishga yurak betlagan oz sonli sayyohlar orasida tabiatining go‘zalligi va qadimiy arxitektura yodgorliklari bilan o‘ziga rom etuvchi Bamian viloyati ommalashgan.
Mavzuga oid
10:18 / 11.03.2026
Poytaxtda turizm va madaniyat yo‘nalishiga yangi rahbar tayinlandi
13:36 / 10.03.2026
AQSh BMTning Afg‘onistonga yordamini qayta ko‘rib chiqishga erishmoqchi
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
21:02 / 01.03.2026