Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: Olmazor tumanidagi 42 foiz yo‘llar talabga javob bermaydi
Shavkat Mirziyoyevning 21 aprel kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida tuman faollari bilan yig‘ilish ham bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev tumandagi 42 foiz yo‘llarning talabga javob bermasligini ta'kidlagan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma'lum qildi.
Davlat rahbari tumandagi Langar va Beshqo‘rg‘on kabi qator ko‘chalar ta'mirga muhtojligi, ayrim ko‘chalarda esa hattoki, yoritish uskunalari ishlamasligi, ko‘p qavatli uylar yer to‘la va tom qismi achinarli holatda ekanini tanqid qildi.
“Keles yo‘li, Usta Shirin, Ahmad Donish mahalla yo‘llari, Shifokor ko‘chalari mutlaqo yaroqsiz holatda. Poytaxtdagi mavjud ichki yo‘llarning ichki holati bo‘yicha eng qoniqarsiz holatlardan biri bu Olmazor tumani”, – deya atadi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, 508 ta ko‘p qavatli uyning yer to‘la muhandislik tarmoqlari, 812 ta kirish yo‘llari, 55 ming kvadrat metr uy oldi yo‘laklari, 3 ming kvadrat metr irrigatsiya tarmoqlari ta'mirtalab holatga kelib qolgan.
Birgina, Olmazor tumanidan Prezident virtual qabulxonasiga 17 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularning asosiy qismi uy –joy qurilishi, kommunal, tibbiyot, ichki yo‘llar, pensiya va nafaqalar, bank va moliya, kredit olish bilan bog‘liq muammolar. Ushbu murojaatlarning atigi 8 foiz ijobiy hal qilingan. 90 foizga umumiy mazmundagi tushuntirishlar berilgan. 126 tasiga esa 4 oydan buyon javob berilmay kelingan.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025