11:14 / 24.04.2017
4749

Bekhem futbol oldidagi xizmatlari uchun taqdirlandi

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» sobiq yarimhimoyachisi Devid Bekhem Buyuk Britaniya professional futbolchilar kasaba uyushmasi (PFA) tomonidan mukofotladi.

PFA rasmiy tvitterida yozilishicha, 41 yoshli sobiq yarimhimoyachi futbol oldidagi xizmatlari uchun mukofotga loyiq ko‘rilgan.

Bekhem «MYu» asosiy tarkibida 1995 yildan 2003 yilga qadar to‘p surgan (oldinroq «Preston»ga ijaraga berilgan), shundan so‘ng u «Real» safiga o‘tgan. Madriddagi faoliyatidan so‘ng «Los-Anjyeles Gelaksi», «Milan» va «PSJ» jamoalari tarkibida to‘p surgan. «MYu» tarkibida u 265 uchrashuvda maydonga tushib, 62 golga mualliflik qilgan. Shuningdek Devid hisobida Angliya terma jamoasi tarkibida o‘tkazgan 115 o‘yin va 17 gol mavjud.

Mavzuga oid
Top