Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Shimoliy Koreya rahbarini "juda mug‘ombir" deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inni "ustomon, mug‘ombir" deb atadi.
"U juda yosh bo‘lganda hokimiyatni egallab olishi mumkin edi. Ko‘p odamlar, mening bunga ishonchim komil, undan bu hokimiyatni tortib olmoqchi bo‘lganlar. Bundaylar orasida uning amakisi yoki yana boshqa kimdirlar bo‘lgan. Biroq u hokimiyatni ushlab qololgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, u anchagina mug‘ombir", deb aytdi Tramp.
Tramp Shimoliy Koreyadagi vaziyat uzoq davom eta olmasligini va Shimoliy Koreya masalasi avvalgi ma'muriyat davridayoq hal qilinishi kerak bo‘lganini aytib o‘tdi.
Avvalroq senator Jon Makkeyn CNN telekanali efirida AQSh Shimoliy Koreyaga zarba berish imkoniyatini oxirgi navbatda ko‘rib chiqishi kerakligini, chunki bu zarba Shimoliy Koreya artilleriyasining Seulga zarba berishi va "qonli to‘qnashuvga " olib kelishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026