Prezidentimizning 2016 yil 5 oktabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida nazarda tutilgan harakatlar rejasi bu sohada davlat siyosatining yangi darajasiga ötiş zaruriyatidan darak beradi. Uni qanday amalga oşiriş mumkin? Bu haqda Özbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Alişer Şayxov intervyuda savollarga javob berdi.

— Alişer Erkinoviç, bugungi kunda işbilarmonlikni rivojlantiriş uçun yaratilgan huquqiy maydon mexanizmi qay darajada işlamoqda?

— Ta'kidlaş lozim bölgan asosiy narsa — hozir biznes turğun va loqayd holatdan çiqib, paydo bölgan masalalarni yanada faolroq muhokama qilmoqda. Albatta, işbilarmonlar me'yoriy hujjatlarni işlab çiqiş jarayonida jips iştirok etmoqda, deyişga hali erta. Biroq, biznes vakillari ular taqdim etgan köplab takliflar inobatga olinayotganini körib turişibdi. Ular yangi me'yoriy hujjatlar joriy etilişiga faol munosabat bildirişmoqda, bank soha va iqtisodiyotning turli jabhalarida, jumladan, taşqari bozorni egallaş borasida yuritilayotgan siyosatdan xabardor bölişga intilişmoqda.

Mamlakat prezidenti, söngra boşqa idoralarning virtual qabulxonasi yaratilişidan söng odamlar ongida katta özgariş yuz berdi. Ilgari kişilar faqat muammolar haqida gapirişgan bölişsa, endi odamlar qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlarni örganib, özlari takliflar berişmoqda. Bugungi işbilarmon — biznesning nozik qirralari, öz ehtiyoji va huquqlaridan xabardor savodli kişi. Bu huquqlarning himoyalaş mexanizmi har doim ham işlamayotgani endi boşqa masala. Har kuni qabul qilinayotgan me'yorlar ana şu vazifaga erişiş yölida favqulodda zarur hisoblanadi.

2017 yilning 4 yanvaridan kuçga kirgan «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni öta zarur edi. Uning qabul qilinişi korrupsiyani qöporib taşlaş uçun zarur şaroitlarni yaratadi. Qonun islohotlar falsafasi nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega, çunki u nafaqat korrupsiyaga qarşi kuraşişni, balki davlat va tadbirkorlik sub'yektlari, aholi örtasidagi munosabatlar prinsipining özgartirilişini ham nazarda tutadi.

— Agar beş yil avvalgi huquqiy maydon va bugungisi taqqoslansa, sönggi vaqtlarda qanday özgarişlar röy bergan?

— Biz hozir muammolarni faol muhokama etmoqdamiz, lekin bu muammolar köpayganini bildirmaydi. Aslida, biz jamiyat, yangi tahdidlarni yaxşiroq anglay boşladik, agar hozir çora körmasak, kelajakda bundan-da oğirroqlariga duç kelişimizni tuşuna boşladik. Bugungi kundagi huquqiy maydon va beş yil avvalgisi örtasida yer bilan osmonça farq bor, çunki biznesni rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar taqdim etuvçi juda köp me'yoriy hujjatlar qabul qilindi.