Bundan buyon, ular:

  • tuman, şahar tadbirkorlarini birlaştirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlaş bilan amalda şuğullanadi;
  • har bir tuman va şaharda ilğor metodikalar asosida biznesga öqitiş maktablarini taşkil qiladi;
  • hokim va boşqa hududiy rahbarlarga körib çiqişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş vakolatiga ega böladi;
  • mahalliy kengaş va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni ötkazadi.

Savdo-sanoat palatasining öziga:

  • hukumatga körib çiqişi majburiy bölgan masala kiritiş;
  • tadbirkor manfaatini közlab Oliy sudga ariza beriş hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat işlari böyiça sud qarorlarini qayta körib çiqiş yuzasidan şikoyat kiritiş vakolatlari beriladi.

Savdo-sanoat palatasi hukumat böysunuvidan töliq çiqariladi, dedi prezident.