Prezidentning “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.
Savdo-sanoat palatasiga quyidagi vakolatlar beriladi:
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxşilaş, biznes rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan va çeklayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, ularni bekor qiliş töğrisidagi körib çiqilişi majburiy bölgan masalalarni kiritiş;
tadbirkor manfaatini közlab Oliy sudga ariza beriş hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat işlari böyiça sud qarorlarini qayta körib çiqiş yuzasidan şikoyat kiritiş.
Palata hududiy bölinmalariga:
har bir tuman va şaharda ilğor metodikalar asosida aholi va tadbirkorlarni biznesga öqitiş, tadbirkorlik tuzilmalari kadrlari kasbiy malakasini oşiriş maktablarini taşkil qiliş;
hokimlarga va boşqa hududiy davlat organlari rahbarlariga hududda tadbirkorlikni rivojlantiriş, işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxşilaş, tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş töğrisida körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş;
xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşlari va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta hududdagi işbilarmonlik muhiti holati, qonunçilik normalari va talablari amalga oşirilişi natijalari böyiça tanqidiy muhokamalar ötkaziş.
Tadbirkorlarni palata a’zoligiga keng qamrab oliş orqali ularga xizmat körsatiş kölamini yanada kengaytiriş maqsadida, 2023 yil 1 yanvardan mikro, kiçik va örta tadbirkorlik sub’yektlari palataga a’zolik badalini tölaşdan ozod etiladi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi va Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar kengaşlari huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyati boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondlari hisobidan Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy bölinmalariga saqlaş xarajatlari uçun davlat subsidiyasini ajratiş tizimi joriy etiladi.
Koreya xalqaro rivojlantiriş agentligining (KOICA) 5,5 mln AQŞ dollari miqdoridagi grant hisobiga palata qoşida namunaviy “Startaplarni qöllab-quvvatlaş markazi” biznes-inkubatori taşkil etiladi. “Startaplarni qöllab-quvvatlaş markazi” biznes-inkubatori Toşkent şahri, Mirobod tumani, Şahrisabz köçasi 25-uy B-blok manzilidagi binoda joylaştiriladi va uşbu bino palata balansiga ötkazib beriladi.

















