O‘zbekiston hukumati fuqarolarga Toshkentdan uy sotib olishga ruxsat berishni muhokama qiladi
5 may kuni O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolariga erkin yashash uchun mamlakat poytaxti Toshkent shahridan turar joy sotib olish imkoniyatini taqdim etish loyihasini muhokama qiladi.
Yangi qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalida jamoatchilik muhokamasiga 11 apreldan 26 aprelgacha qo‘yilgan edi. Jamoatchilikdan olingan fikr va e'tirozlar yuzasidan u qayta ishlanib, 5 may kuni hukumatga taqdim etiladi.
Agar parlament Toshkentda doimiy yashash uchun cheklovlarni olib tashlaydigan bo‘lsa, poytaxtdagi yuqori darajadagi turmush sharoitini xohlab keluvchi ko‘p sonli fuqarolar hisobiga Toshkentda qurilish ishlari qizg‘inlashib ketishi mumkin.
Ma'lumki, O‘zbekiston poytaxtida sobiq ittifoq davridan beri propiska tizimi, ya'ni fuqarolarga Toshkentda doimiy yashash uchun huquqini beruvchi qayd tizimi saqlanib turibdi. Unga poytaxtda tug‘ilganlar, ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarindoshlari va ba'zi davlat tashkilotlarining xodimlarigina ega. Toshkentda turar joyni faqat poytaxt propiskasiga ega bo‘lganlargina xarid qilishlari mumkin. Bu cheklov asosan xavfsizlik, shuningdek, boshqa viloyatlardan ish izlab keladiganlar oqimini cheklash maqsadida qo‘llanilgan, biroq ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlikni amalga oshirish yo‘lida ham to‘g‘anoq bo‘lmoqda.
Sovet ittifoqi tarqalib ketgan 1991 yildan buyon poytaxtda aholi soni deyarli bir maromda turibdi. 2016 yilga kelib 2,4 mln. nafarga yetgan toshkentliklar mamlakat aholisining 7,5 foizini tashkil etishmoqda. Mustaqillikning 25 yili ichida mamlakat aholisi soni 10,9 million kishiga, deyarli yarim barobarga oshgani holda, shahar aholisi bor-yo‘g‘i 263 ming kishiga ko‘paygan (+12,3 foizga yaqin).
Aftidan, hukumat Toshkentda yashash uchun bu qadar qat'iy cheklovlar iqtisodiy rivojlanishga ham to‘siq bo‘lmoqda, deb hisoblaydi.
Shunday qilib, poytaxtda yashash tizimini erkinlashtirish haqidagi taklif iqtisodiy jihatdan qurbsiz insonlarni saralab, faqatgina turar-joy xarid qilishga qurbi yetadigan insonlarga ruxsat berishni maqsad qilgan. Ya'ni, hukumat propiska tizimi to‘liq bekor qilinsa, poytaxt ichki emigratsiya oqimiga dosh berolmasligi vajidan, cheklovlardan bosqichma-bosqich voz kechmoqchi.
Poytaxtda erkin yashay olmaslik mamlakat aholisi uchun eng og‘riqli muammolardan hisoblanadi. Toshkentda hayot darajasi viloyatlardagidan ancha baland, ko‘pchilik bu yerga yuqoriroq maosh, biznes va ta'lim olish uchun imkoniyat qidirib keladi.
Agar qonun loyihasi parlament tomonidan tasdiqlanadigan bo‘lsa, turar joy albatta Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qurib, foydalanishga topshirilgan yangi uylardan birida bo‘lishi, uning narxi eng kam ish haqining 2000 barobaridan kam bo‘lmasligini talab etiladi. 2017 yil 1 may holatiga bu summa 300 million so‘mga yaqin miqdorni tashkil etadi. Boz ustiga uyni xarid qilgan fuqaro uy narxining 5 foizi (kamida 15 million so‘m) miqdorda davlat boji to‘laydi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

18:13 / 26.06.2025
Rossiyada migrantlarning qurilishdagi ulushi ma’lum qilindi

11:33 / 23.06.2025
O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

17:07 / 05.06.2025