Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bositxonova: Respublikaning 3 hududida bolalar uchun kardio-jarrohlik amaliyot markazlari ochiladi
2 may kuni Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e'tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjuman davomida OAV xodimlari tomonidan yo‘llangan savollarga ham batafsil javoblar berildi. Shuningdek, mamlakatda ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishda uchraydigan muammo va kamchiliklar talaygina ekani qayd etildi.
Bu muammolarni oldini olish maqsadida, respublikaning 3 hududida xalqaro talablarga javob bera oladigan katta kardio-jarrohlik amaliyot markazlari ochilishi ma'lum qilindi. Mazkur markazlarga xalqaro miqyosdagi ekspertlar, jarrohlar jalb etiladi va ayni damda yurtimizda kardiologik kasalliklardan aziyat chekayotgan 3 mingga yaqin bolalar davolanadi.
"2016-2020 yillarda O‘zbekistonda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qaroriga ko‘ra, 2020 yilgacha mamlakatimizning barcha mintaqalarida chaqaloqlar jarrohligini va ayollar uchun kaminvazif jarrohlikni, shuningdek, opreatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplagan holda Samarqand, Namangan va Xorazm viloyatlarida bolalar kardioxirurgiyasini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan", — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova.
Mavzuga oid
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
17:00 / 25.04.2025
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin
12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov
09:46 / 07.08.2022