Buloqboshidagi mudhish manzara: qabristonmi yoki chiqindixona?
Tahririyatimizga, to‘g‘rirog‘i, muxbirimiz Xurshid Daliyevga yo‘llangan videoda juda g‘aroyib manzara tasvirlangan. Ushbu videorolik Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida tasvirga tushirilgan. Unda qo‘hna qabriston o‘rnida paydo bo‘lgan chiqindixonani ko‘rish mumkin. Chiqindixonaki, juda katta hududda yastanib yotibdi.
Bundan tashqari, mazkur hududni odamlar o‘z hovlilariga qo‘shib olishgan. Bu qonuniy yoki yo‘qligi bizga qorong‘i. Ammo videorolik muallifining ta'kidlashicha, mazkur chiqindixona (axlatxona deyishga tilimiz bormadi) yoz oylarida, kun isishi bilan yon-atrofdagi xonadonlarga gigiyenik jihatidan salbiy ta'sir o‘tkazadi.
Videorolik egasi ushbu manzarani tasvirga tushirar ekan, shunday deydi: “Bu hududda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlari nomida bir masjid va kutubxona qurilsa aholiga ma'naviy jihatdan juda yaxshi va savobli ish bo‘lardi”.
Darvoqe, Birinchi Prezidentimiz ta'kidlab o‘tganidek, “savobli ishni har kun qilishi kerak”. Quyida ushbu videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.
Mavzuga oid
10:41 / 20.07.2024
Rossiya qabristonlarni kengaytirish uchun davlat xarajatlarini uch baravar oshirdi
21:13 / 13.05.2024
Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchilari qabristonga olib borilgani aniqlandi
09:47 / 04.05.2024
Rossiyadagi asosiy harbiy qabristonda joy tugamoqda
11:27 / 01.05.2024