O‘zbekiston | 20:25 / 04.05.2017
5989
2 daqiqa o‘qiladi

YeI elchisi: "O‘zbekiston bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlar jadal sur'atda o‘sib bormoqda"

Foto: kun.uz

2017 yil 4 may kuni  Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi idorasida OAV vakillari intirokida press-konferensiya tashkil etildi. Tadbirda YeI O‘zbekistondagi elchisi Eduards Stiprays o‘zining bayonoti bilan ishtirok etdi. 

Elchi anjuman davomida Yevropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi va mamlakatda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi loyihalar bilan tanishtirdi. 

“O‘zbekiston hukumati bilan siyosiy munosabatlar jadal sur'atda o‘sib borayotganini alohida qayd etish lozim. Bunga 2016 yilning oktabridan beri mamlakatingizdagi turli vazirliklar va davlat idoralari  hamda YeI rasmiy vakillari ishtirokida kuzatib kelinayotgan uzluksiz uchrashuvlar yaqqol misol bo‘la oladi. 
Yevropa Ittifoqi yaqinda qabul qilingan 2017-2021 yillardagi beshta ustuvor yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasini, shuningdek, O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi turli hamkorlik dasturlariga katta qiziqish bildiradi. Mazkur hujjatda siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan aniq loyiha va dasturlarni moliyalashtirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, - deydi YeI elchisi Eduards Stiprays .

Shuningdek, elchi o‘z nutqi davomida YeI va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida ham atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilda ikki tomonlama savdo ayirboshlash 1 mlrd 800 mln yevroni tashkil etgan. YeI o‘z navbatida, Xitoy, Rossiya va Qozog‘istondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallagan holda O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari beshligiga kirdi.

Mavzuga oid