Nike innovatsion jinsi matosini ishlab chiqdi

Foto: Nike
Nike kompaniyasi sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan jinsilar yaratilgani haqida ma'lum qildi. The Marketwatch'da xabar berilishicha, kompaniya tegishli patent olish uchun ariza bergan.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, innovatsion jinsi matosi namlikka chidamli va mustahkamdir. Modellar legins va jinsi aralashmasi hisoblanadi.
"Oddiy jinsi mato nisbatan mustahkam va chidamli bo‘ladi, lekin u sport mashg‘ulotlari, ayniqsa ekstremal sport turlari uchun muhim bo‘lgan elastiklik va boshqa xususiyatlarga ega emas. Biz buni to‘g‘irlaymiz", - dedi kompaniya vakili.
Nike kompaniyasiga 1964 yilda AQShda asos solingan va dastlab u Blue Ribbon Sports deb atalgan. Uning shtab-kvartirasi Oregon shtatidagi Biverton shahrida joylashgan. Kompaniya Nike Golf, NikeLab, Nike Pro, Nike+, Air Jordan va Nike Skateboarding brendlari ostida ham mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

16:15 / 04.07.2024
Omadsiz sportchi tashkil etgan kompaniya - jahonga mashhur Nike qanday paydo bo‘lgandi?

16:00 / 07.08.2023
O‘zbekistonda Nike krossovkalarini ishlab chiqarish boshlandi

14:34 / 26.11.2021
O‘zbekistonda Nike va Adidas krossovkalari qachondan ishlab chiqarilishi aytildi

17:03 / 05.09.2021