Toshkentda «o‘zbek–nemis innovatsion muloqoti» bo‘lib o‘tadi
2017 yil 10-12 may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadigan X Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida III Toshkent xalqaro innovatsion forumi bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy vazifasi – dunyoda innovatsiya tizimlarining rivojlanish tendensiyalari, innovatsiya faoliyatining rivojlanish holati, muammolari va istiqbollarini tahlil qilish, milliy innovatsiya tizimini shakllantirishda turli omillarning o‘rnini aniqlash, innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilish hamda dunyoda O‘zbekistonni innovatsion faolligi yuqori bo‘lgan hududga aylantirishdan iborat.
Bu yilgi Forum, asosan, O‘zbekiston-Germaniya davlatlarining innovatsiyalar sohasidagi hamkorliklari istiqbollariga bag‘ishlangan bo‘lib, «O‘zbek–Nemis innovatsion muloqoti – bilimlarga asoslangan jamiyat qurish kelajagi» deb nomlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda ilmiy va innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, korxonalar boshqaruvida innovatsion yondashuvlar, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda ilm-fan sohasida yuqori saviyadagi kadrlar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilg‘or davlatlar, xususan Germaniya tajribasi, o‘zbek olimlarining yevropa ilmiy tashkilotlari bilan kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik olib borish yo‘llari kabi masalalar muhokama etiladi.
Shuningdek, Forum doirasida O‘zbekiston-Rossiya va O‘zbekiston-Xitoy davlatlari o‘rtasidagi ilmiy-texnikaviy hamkorlik doirasida loyihalar shakllantirish yuzasidan “Xalqaro ilmiy-texnikaviy loyihalarda ishtirok etishning talab va qoidalari” deb nomlangan seminar va dunyodagi yetakchi xalqaro ilmiy-texnika axboroti bilan ta'minlovchi Web of Science, Springer, EBSCO kabi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalaridan foydalanish” mavzusidagi taqdimotlar tashkil etiladi.
Forum ishida Germaniya, Bolgariya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qozog‘iston, shuningdek, BMT, YuNeSKO, Jahon banki, O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi ofisi, Erasmus+ Milliy ofisining yetakchi olimlari, mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishadi.
Tadbir yakunida Forumning tavsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha “Innovatsilar taraqqiyot yo‘li” deb nomlangan davra suhbati o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Endi tinchlikni tanlash kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi» - Tramp Eronga hujumlar ortidan murojaat qildi
Jahon | 08:33
-
Zelenskiy: Rossiya almashuv doirasida Ukrainaga o‘zining 20 nafar harbiysi jasadini ham topshirdi
Jahon | 08:32
-
«Konstitutsiyaga mutlaqo zid» - AQSh qonunchilari Trampning qarorini muhokama qilmoqda
Jahon | 08:25
-
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 08:03
Mavzuga oid

09:30 / 21.06.2025
Bundesver strategiyasida Rossiya «ekzistensial xavf» deb ataldi

14:16 / 19.06.2025
Germaniya TIV rahbari Eron bilan urush kengayishi xavfi haqida ogohlantirdi

12:56 / 18.06.2025
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti

13:55 / 17.06.2025