Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda 10 militsioner oza olmadi. Ular ishdan bo‘shatildi
Tojikistonda rahbariyat buyrug‘iga ko‘ra ozishga erisha olmagan 10 nafar militsioner ishdan bo‘shatildi. Bu qaror ozish kampaniyasining oraliq natijalaridan keyin qabul qilingan. Shuningdek 100 nafari IIV rahbari Ramazon Rahimzodadan ogohlantirish oldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.
«Huquq tartibot organlari xodimlari haftasiga 3 marta 5 kilometr masofani yugurishadi hamda boshqa jismoniy mashqlar bajarishadi. Yil boshida IIV rahbarining militsiya xodimlari uchun bo‘y va vaznni xalqaro standartlar bo‘yicha saqlashga qaratilgan normativ yo‘riqnomasi tarqatilgan», deyilgan IIV xabarida.
Tojikistonlik militsionerlarga tarqatilgan normativ yo‘riqnomaga ko‘ra, 168—170 santimetr bo‘yga ega politsiya xizmatchisining vazni 81 kilogrammdan oshmasligi, 180 santimetr bo‘y uchun vazn 88 kilogramm atrofida bo‘lishi lozimligi belgilangan.
Militsiya xodimlari orasida semirishga qarshi kurashish qarori shu yilning yanvarida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan qabul qilingan edi. Vazirlik qarorini amalga oshishini nazorat qilish uchun maxsus komissiya tuzilgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024