Bolaligimda esimda: bir kuni keçqurun uyda hamma uxlab qoldi. Men bir özim televizor orqali kino tomoşa qildim. Uruş haqida film berilayotgandi. Öşanda uni oxirigaça körganimdan mingdan-ming puşaymon bölganman. Filmda asirlikka tuşgan qahramondan faşistlar öz maqsadlari yölida foydalanmoqçi böladilar, u esa bundan boş tortadi. Oqibatda bu beboş zobit ustidan oğir hukm çiqariladi. U va boşqa mahbuslarni sovuq ayoz keçasida yarim yalanğoç holda konslager hovlisiga olib çiqib, rosa yugurtirişadi, söng bir burçakka haydab, rezina içaklardan ustlariga suv sepişadi. Qoçişga uringanlar kaltaklab öldiriladi. Qolaversa, bu iş mahbuslar hali eslarini yiğib olmay turib amalga oşiriladi. Şunça odam qahraton ayozda muz qoyaga aylantiriladi. Filmdagi lavhalar hayotdan olingan: oltmiş beş yoşli rus ofitseri Karbişevning irodasini buka olmagan faşistlar 1945 yilning 18 fevral keçasida uni beş yuz nafar mahbus qatorida jismonan mahf etişgan...
Dalaga yopirilgan bolalar
Öylanib qolasan, kişi: nega odam öz qavmi bölmiş odamga azob beradi? Oçközlik, badnafslik sababmikan bunga? Boşqa nima bilan izohlaş mumkin? Siyosat, öşa davr talotöplari degan bilan baribir insonning yeb töymasligi, qirğinbarot ortidagi manfaatparastlikka borib taqaladi-da!
Uruş — öz nomi bilan dahşat, alanga, oçlik, ölim, jabr-sitamlar… Arxiv hujjatlariga köra, ikkinçi jahon uruşida Leningrad qamali çoğida şaharda it-muşuk ham qolmagan, oç-nahor kişilar ularni söyib ham, tiriklay ham yeyişgan ekan. “Argumenty i fakty” gazetasida yozişganidek, öşanda bir kunda kişi boşiga 100-200 gramm non berilgan, xolos. Tasavvur qiling, kun mobaynida şugina nonga çidab bölarmidi? Ayniqsa, izğirinli qiş minglab odamlarning yostiğini quritgan. Ammo naçora!
Bir amaki sözlab bergan voqea esimda. Uruş yillarida Özbekistonga Ukrainadan poyezdda bolalarni olib kelişibdi. Ular şunçalik oç-nahor ekanki, poyezd hali stansiyaga töxtab-töxtamay, vagonlardan sakrab tuşib, özlarini dalaga urişibdi va hali paxta oçilmagan köraklarga yopişibdi. Keyin aftlari bujmayib, tuflab taşlaşibdi. Umrida paxta östirmagaç kösak nimaligini bilişarmidi! Qolaversa, ular azbaroyi oç, körganini oğziga tiqadigan darajada bölgan.
Keksa ammamning gaplarini xotirlab turaman. “Bozorlar, köçalarda odamlar şişib ölganini körardik”, derdi rahmatli katta ammam. Men gödaklik şuurim bilan köp yeb qöyişganidan ölişgandir-da, deb söradim. Yöq, odamlar oçlik tufayli şişib-şişib ölişgan ekan. Azbaroyi qorin ğamidan öt-ölanlar ildizi, kunjara yeyişgan. Uruş ana şu qadar çorasizlikka duçor qilgan edi.
“Sen yetim emassan” filmini eslang. Tarixiy voqealar asosidagi mazkur kinoasarda bir özbek oilasining insonparvarligi oçib berilgan.
Er-xotin Şomahmudovlar boşpanasiz qolgan, turli millat vakillari bo‘lgan 13 bolani va uruşdan so‘ng yana 3 nafar gödakni boqib olişgan.
Bu – çinakam qahramonlik, matonat, asrlarga tatigulik jasorat edi. Özbek yaxşi-yomon, oğir-yengil kunlarda ham, hamma vaqt, hamişa birovning boşini silaşga, muruvvat körsatişga tayyor. Bugun şunday insonlarni xotirlaşimiz, ular bilan faxrlanişimiz ayni muddaodir.
Okopdagi bobom
Bundan bir neça yil muqaddam sakson yetti yoşli Namoz bobom hayotdan köz yumdi. U kişi uruşda qatnaşgan edi. Biroq biror marta ham biz, nevaralariga maş'um yillar haqida, undagi iştiroki xususida vytib bermagan. Bobomning körsatkiç barmoği bukilib qolgan bölib, uruş asorati deb eşitgan edik. Ehtimol, bobom uruş haqida sözlab, bizni qörqitiş, dilimizga vahima solişni istamagandir, balki dahşatli qirğinbarotni xotirlaşni xohlamagandir.
Bobomning bolaligi şirin keçmaganini bilardik. Sababi, katta bobom – bobomning otasi öz vaqtida quloq qilingan. Qamalib ham çiqqan. Bobom maktabga – birinçi sinfga borganida öqituvçi uni “Çayonning bolasi” deb sinfdan haydab çiqargan ekan. Murğak gödakka bu haqorat qançalik ta'sir qilganini köz oldingizga keltiring. Bobom maktabdan uygaça höng-höng yiğlab kelgan. Uydagilar uni qanday ovutişni bilişmagan. Şu-şu, bobom barça farzandlarini öqitişga uringan. Öşanda Boysundan iş topolmay, qöşni hududlarga borib işlagan, paxsa devor urib, rözğorga pul işlab topgan.
Bobomning uruşda bölgani bilan boğliq tafsilotni amakimdan eşitdim. Janggohdagi navbatdagi qirğinbarotdan söng barça jangçilar maydonni tark etgan. Sanitar qiz yaradorlarni izlab yursa, uning ovçarkasi ğingşib tuproqni kavlayveribdi. Qiz belkurak bilan oçib qarasa, tuproq tagida bir jangçi yotgan emiş. Behuş jangçini uning yakka özi bir neça yuz odimgaça sudrab borgan. Jangçi gospitalda bir neça kundan söng öziga keldi va unga hammasini aytib berişdi. Öşa jangçi mening bobom edi. Qismatni qarang, Xudoyim bobomning tirik qolişini istagan ekan, aks holda, sanitar qiz va ovçarka it qayerda edi!
Uruş körgan bobom gohida uzoq öylanib qolar, soatlab jim ötirardi...
Yarimjon kuyov
Taniqli jurnalist Abdunabi Haydarovning bir maqolasi rosa qölma-qöl bölgan edi. Maqolada uruşdan nogiron bölib qaytgan bir yigitning taqdiri haqida hikoya qilingan. Arxiv hujjatlari asosidagi mazkur maqola bir neçta fotosuratlar bilan berilgan edi.
Maqoladagi bu yigit uruşdan ikki qöl va ikki oyoqsiz qaytgan. Xuddi ğöladek gap! La'nati uruş şu köyga solgan edi. Xöş, endi nima qiladi? Qanday yaşaydi? Unga kim qaraydi, kim yedirib-içiradi? Ota-onasiga suyanadigan bölsa, ularni bir umrga boğlab qöymagan-ku! Tağin, deng, bu yigit hali uylanmagan! Axir, u ham toğ-toğ orzular qanotida uçgan, ezgu niyatlar qilgan. Dunyodan şu ahvolda ötib ketaveradimi? Uning ham ortidan qoladigan farzandlari bölişi kerak-ku!
Qarangki, qöl-oyoqsiz bu yigitga tegadigan qiz ham topildi. Turmuş qurdilar. Şirin hayot damlari boşlandi. Yoş kelinçak eriga butun mehrini berdi, uni yedirdi-içirdi, boşdan-oyoq qaradi. Ikki örtada öndan ziyod farzandlar ham tuğildi. Ular kamolga yetib, öz yöllarini topdilar. Uruş körib, qöl-oyoqlaridan judo bölgan boboga yaqinlari suyançiq böldilar.
Yana bir otaxon haqida eşitganman. Qandaydir asabiy bu otaxon mudom qovoği solingan, mutlaqo jiddiy yurardi. Uning bir oyoği protez edi. Uruşda eng dahşatli voqealarni körgani boismi, butun borliqqa haqiqat közi bilan qarardi. Halollik, vijdoniylikni hamma narsadan ustun körardi. Jindak nohaqlikni körsa, tutaqib ketardi. Ana şu otaxonning kelini şayton yöliga kirib, eriga xiyonat qildi. Öğil tişini-tişiga bosdi, biroq ota çidab turolmadi. Xiyonatga qöl urgan odamni keçiriş haqida öylamasdi u. Natijada darğazab bölib, kelinini bolta bilan çopib taşladi va özini militsiyaga topşirdi.
Muhammad Yusufning armoni
Uruşga nisbatan nafrat, qörquv köpçilikda bor, ammo afsuslar bölsinki, qirğinbarotlar hali-hamon bölib turibdi. Dunyo larzaga kelayotgandek. Uruşga undovçilar issiq örinlarda ötirib, oddiy odamlarni jang maydoniga yöllaydilar. Inglizlar maqolida aytilganidek: “Uruş — qirollar ermagi”. Ikki örtada ne-ne odamlar qurbon, ne-ne bolalar ota-onasidan judo bölib, yetimlikka giriftor. Uruş, bu – ayriliq, jabr-jafo. U uzoq-uzoq yillargaça farovon turmuşga soya solib turadi.
Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov qalamiga mansub “Uruşning sönggi qurboni” nomli hikoyani köpçilik öqigan. Egatidagi qulupnaylar öğirlanayotgan uy egasi öğrini jazolaş maqsadida qulupnay poyalari orasiga elektr tarmoği simlarini ulab qöyadi. Nihoyat, öğri uşlanadi. Öğri... öşa uy egasining onasi bölib çiqadi. Onaizor oçlikdan sillasi quriyotgan ikkinçi öğlini yegulik bilan ta'minlaş uçun şunday işga qöl urgan edi.
Ming şukrki, yurtimiz tinç-osoyişta, ilohim, köz tegmasin. Uruş nimaligini aslo bilmay yaşaylik. Bu balo heç kimning boşiga tuşmasin. Farzandlarimiz kompyuterlardagi uruş, “ota-ot”ga yaqin yölamasin, qurol nimaligini bilmasin. Aksinça öqisin, bilim olsin, kelajakning munosib vorislari, ozod yurtning alp öğlonlari bölib yetişsin.
Maşhur şoir Muhammad Yusuf orzu qilganidek:
“Bir kuni bir alvon zamon keladi,
Zamin uzra omon-omon böladi.
Ön yilmi, yuz yilmi ötib oradan
Uruşlar, nizolar ketib oradan
Töplar adirlarda buğdoy öradi,
Tanklar dalalarda paxta teradi...
Millatlar, elatlar, oq tan, qora tan,
Hammasi Hazrati inson böladi…
Olam guliston böladi…
Bir kuni...”
Bu rahmatli şoirning istagi, orzusi, armoni, xayolidagi haqiqatlari edi. Ana şunday şoir edi Muhammad Yusuf!.. Mana uning yana bir taşvişi:
Nahot ğanim bilsa odam odamni,
Kuydirib kul qilsa yoruğ olamni.
Men kimga işondim yolğiz bolamni,
Nima bölsa bölsin, uruş bölmasin...
Xotira uyğonsa gözaldir... Xotiramiz heç qaçon mudramasin. U keçagi kunni, yaxşilarni, uluğ işlarga qöl urganlarni, uruşda qahramonlik körsatgan insonlarni mudom bizga eslatib tursin. Ularning xotirasini qadrlaylik.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi