Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qrimda 100 kilogrammlik cheburek tayyorlanib, rekord o‘rnatildi
Foto «Rossiyskoy gazety»
Qrimda Xidirlez milliy bayramiga og‘irligi - 100 kilogramm, uzunligi - 2,5 metr va kengligi 1,5 metr bo‘lgan cheburek tayyorlandi. RIA "Novosti"da ma'lum qilinishicha, uni tayyorlash uchun taxminan 14 kilogramm go‘sht, 75 kilogramm un va bir tonnadan ortiq yog‘ sarflangan.
Cheburekni tayyorlashda ishtirok etgan oshpazlarning aytishicha, pishirish jarayoniga atigi ikki daqiqa ketgan, lekin yog‘ning qizishiga bir yarim kun kerak bo‘ldi. Cheburekni tayyorlashda 18 kishi qatnashgan.
"Men shon-shuhrat ketidan quvmayman, shunchaki odamlarni hayratlantirish yoqimli, chunki bu bevosita mening mehnatim. Bu - dunyodagi eng katta cheburek. Biz rekord o‘rnatdik. Bundan avvalgi rekordchi-cheburekning uzunligi 2,02 metrni tashkil qilgan", - deydi oshpaz Emil Aliyev.
Cheburek tayyorlash 180 ming rublga tushdi. Dunyodagi eng katta cheburekning ta'mini tatish qrim-tatarlarning Xidirlez yer bayramiga bag‘ishlangan xalq sayllarida qatnashayotgan barcha kishilarga nasib etdi.
Mavzuga oid
18:21 / 05.10.2025
Rossiyada benzin taqchilligi kuzatilmoqda – fotosuratlar
08:48 / 23.09.2025
GUR: Ukraina Qrimda uchta Mi-8 va radiolokatsion stansiyani yo‘q qildi
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
22:03 / 15.09.2025