Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Jahon chempionatiga 10 nafar bokschisini yuboradi
“O‘zbekiston” universal sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom etmoqda. Bugungi janglar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Boks bo‘yicha Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida to‘liq tarkibda ishtirok etadi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, chorak finalda qozog‘istonlik tajribali bokschi Vasiliy Levitga imkoniyatni boy bergan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Sanjar eronlik Salar G‘ulomiyga qarshi ringga chiqib, uni mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, Boks bo‘yicha Jahon chempionati Germaniyaning Hamburg shahrida 23 avgustdan – 4 sentabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.
Bugungi final janglarini Kun.uz'ning YouTube portalidagi kanali orqali kuzatish mumkin.
Mavzuga oid
22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi
15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi
22:36 / 28.12.2024