O‘zbekiston yo‘llarida avtotransport nazorati paydo bo‘ladi

Normativ-huquqiy hujjatlar portalida Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta'minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi. Yirik yo‘lovchi va yuklarni tashkil qiluvchi maskanlar (temir yo‘l vokzallari va bekatlari, daryo portlari, bozorlar, metropolitenning oxirgi bekatlari, oxirgi va oraliq bekatlar va hokazo) uning obektlari bo‘ladi.
Buning uchun belgilangan joylarda «avtotransport nazorati» yozuvi tushirilgan, agentlik logotipiga ega, qizil-ko‘k rangdagi chiroq-mayoqchasi va tovushkarnay qurilmasi bo‘lgan maxsus avtotransport paydo bo‘ladi.
Nazoratning o‘zi transport vositasini to‘xtatish va hujjatlarni: haydovchilik guvohnomasi (haydovchi shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat), yo‘l varaqasi, litsenziya kartochkasi, texpasport, ilova qilinadigan va ruxsat beruvchi hujjatlar hamda boshqalarni talab qilib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar tekshirish natijasiga ko‘ra biror-bir qoidabuzilish aniqlanmasa, nazorat qiluvchi shaxs yo‘l varaqasiga nazoratdan o‘tilganligi to‘g‘risida shtamp bosadi, u keyinchalik takroriy tekshirishsiz harakatlanishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qoidabuzilish aniqlangan taqdirda ikki nusxada bayonnoma rasmiylashtiriladi, ulardan biri haydovchiga beriladi, ikkinchisi esa aybdorga tegishli chora ko‘rish uchun idoraviy mansubligi bo‘yicha taqdim etiladi.
Nazorat qiluvchi shaxsning transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabi bajarilmagan taqdirda bayonnoma tuziladi, so‘ngra u daliliy materiallar (foto, videoqayd, xolis guvohlar dalolatnomasi) bilan sudga uzatiladi.
Ishlab chiqilgan nizom quyidagi holatlarda ishlatilayotgan avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Tabiiy ofat va uning oqibatlarini tugatishda yoki qutqaruv operatsiyalarida;
O‘rganish uchun boshqarish paytida;
Shaxsiy maqsadlarda yo‘lovchilarni va yuklarni notijoriy tashishda;
Qurolli kuchlar, fuqaro mudofaasi bo‘linmalari, yong‘in o‘chirish va jamoat tartibini saqlash kuchlari bilan;
Foydalanishga topshirilmagan yangi yoki rekonstruksiya qilinayotgan transport vositasini puxta ishlash, ta'mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish doirasida yo‘l sinovlarini o‘tkazishda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025