O‘zbekiston Osiyodagi mutlaq rekord bilan jahonga yo‘l oladi

Foto: Twitter.com/@AIBA_Boxing
30 aprel - 7 may kunlari davomida Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati mezbonlarning to‘la ustunligida yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 10ta oltin medal imkoniyatidan 9tasini qo‘lga kiritib, Osiyoda yangi rekord qayd etdi.
6 may kungi janglarda O‘zbekiston vakillari 4ta oltin medal olishdi.
-56 kg vazn toifasida Murod Ahmadaliyev Jiavei Jangni (Xitoy) nokautga uchratdi. Shu kuni Elnur Abduraimov (-60 kg), Isroil Madrimov (-75 kg) va Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg) birin-ketin o‘z janglarida g‘olib chiqishdi.
7 may kuni yana o‘zbekistonlik 5 sportchi ringga ko‘tarildi.
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (49 kg gacha) hal qiluvchi jangni mo‘g‘ulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarshi o‘tkazdi va yakunda g‘olib chiqdi. Do‘stmatov Osiyo chempionatining o‘z vazn toifasida ikkinchi bor tengsiz bo‘ldi. U shuningdek, turnirning eng yaxshi bokschisi sifatida tan olindi.

Terma jamoa hisobiga oltinchi oltinni -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasur Latipov keltirdi. U janubiy koreyalik In Kyu Kim ustidan g‘alaba qozondi.

Yettinchi va sakkizinchi oltin medallarga 64 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi Iqbol Xoldorov hamda 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shahram G‘iyosov ega chiqdi. Osiyo chempionatining 10ta vazn toifasidagi janglarida 8ta oltin medalni qo‘lga kiritish O‘zbekiston terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanardi.

O‘zbekiston vakillari o‘z rekordini o‘rnatish bilan cheklanmasdan, Osiyo rekordini ham urishdi. Termaning eng og‘ir vazndagi vakili Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Kamishbek Konkabayevni yengdi va to‘qqizinchi oltinni naqd qildi. Osiyo chempionatida shu vaqtgacha hech qaysi terma jamoa 9ta oltinni qo‘lga kiritmagandi. Shu kungacha Osiyo chempionatlarida ikki marta (1965 Seulda, 1987 yil Kuvaytda) Janubiy Koreya terma jamoasi 8tadan oltin medalga ega chiqqandi. O‘zbekiston Osiyo rekordini o‘rnatgan holda Germaniyadagi jahon chempionatiga boradigan bo‘ldi.
Turnirda O‘zbekiston 9ta oltin medal bilan birinchi, Qozog‘iston 1ta oltin, 3ta kumush va 4ta bronza bilan ikkinchi, Hindiston Mo‘g‘uliston terma jamolari esa 2tadan kumush va bronza medallar bilan uchinchi o‘rinni bo‘lib olishdi.
Jahon chempionati shu yilning 23 avgustidan 4 sentabriga qadar Hamburg shahrida bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston sharafini 10 nafar bokschi himoya qiladi (10 nafar bokschi orasidan faqatgina Sanjar Tursunov chorak finalda yengilgandi. Shunga qaramay, o‘tish uchrashuvida g‘alaba qozongan Tursunov ham Germaniyada o‘tadigan Jahon chempionati chiptasiga ega chiqqan).
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 22:43
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17
-
Xitoy Yerning elektromagnit maydonini kuzatish uchun 3 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Jahon | 21:52
-
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
Sport | 21:21
Mavzuga oid

22:03 / 20.04.2025
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi

12:49 / 14.02.2025
Chempionlar vatanga qaytishdi

15:20 / 12.02.2025
O‘zbekiston amputantlar jamoasi Osiyo chempioni bo‘ldi

17:48 / 11.12.2024