BMT oliy komissari: «O‘zbekistonning iliq va do‘stona munosabatini ko‘rib shu yerda qolgim kelyapti»

Foto: Kun.uz
10 may kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida «Inson huquqlari va o‘zaro hamkorlik» mavzusidagi O‘zbekiston Fuqarolik forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad Al-Husayn rahbarligidagi delegatsiyaning rasmiy tashrifi doirasida tashkil etildi.
Mazkur forumda 50 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilot va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qatnashdi. Ular BMTning oliy komissariga o‘z savol va takliflari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishdi.
«Biz bu yerga hukumat tomonidan rejalashtirilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga keldik. Albatta, bu islohotlar uzoq muddatli bo‘lib, ma'lum bir vaqtni talab qiladi. Eng asosiysi, mamlakatda ushbu o‘zgarishlar jarayonining boshlanganligidir. Biz mazkur islohotlar doirasida O‘zbekistonning hamkori sifatida harakat qilishni istaymiz. Axir faqat birlashibgina biz barcha muammolarni birgalikda hal etishimiz mumkin», - dedi BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari.
Shuningdek, tadbirda Zayd Raad Al-Husayn mazkur tashrif birinchisi bo‘lib qolmasligi, kelgusida mamlakatda yana ko‘plab uchrashuvlar tashkil etilishini ma'lum qildi.
«Balki O‘zbekistonga qaytib kelishimga hojat ham qolmas. Sababi, sizlar shunday do‘stona va iliq kutib oldingizki, balki bu yerdan ketishim kerak emasdir?! Mehmondo‘stlik uchun tashakkur», - deya qo‘shimcha qildi Zayd Raad Al-Husayn.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
Mavzuga oid

18:49 / 01.03.2023
Tibbiy ma’lumotnomalar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

01:08 / 01.03.2023
1 sentabrdan 10–11-sinf o‘quvchilari qiziqishiga mos dasturlar asosida o‘qitiladi – davlat dasturi

23:02 / 28.02.2023
1 iyuldan mobil davlat xizmatlari ko‘paytiriladi, to‘lovlar miqdori kamaytiriladi – davlat dasturi

13:38 / 25.06.2022