Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osiyo Velosport Konfederatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi
10 may kuni O‘zbekistonga mamlakat velosiped sporti Federatsiyasi taklifiga binoan Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Al Shafar tashrif buyuradi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi raisi Narbayeva Tanzila Kamalovna hamda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy Olimpiya Qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazish o‘rin olgan.
Shuningdek, Osama Ahmad Al-Shafar tashrifida Respublikada velosiped sportining hozirigi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro doiradagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

