Jahon | 21:54 / 13.05.2017
7988
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda Si Tszinpin va Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Foto: aa.com.tr

Pekinda Xitoy raisi Si Tszinpin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 
 
Xalq vakillari Butunxitoy majlisi binosi yonida Erdo‘g‘an rasmiy marosim bilan kutib olindi.

So‘ngra kengaytirilgan tartibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muhokamalar matbuot uchun yopiq tartibda 45 daqiqaga yaqin davom etgan. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra bir qator hujjatlar imzolangan.

Hujjatlarni imzolash marosimida Turkiya adliya vaziri Bakir Bo‘zdag, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu hamda transport, kemachilik va kommunikatsiyalar vaziri Axmet Arslon ishtirok etganlar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid