Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bir makon – bir yo‘l» formatidagi navbatdagi forum 2019 yilda o‘tkaziladi
Xitoy ikkinchi «Bir makon – bir yo‘l» xalqaro iqtisodiy hamkorlik forumini 2019 yili o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda XXR raisi Si Jinping Pekinda bo‘lib o‘tgan «Bir makon – bir yo‘l» forumi yakunida matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Xitoy xalqaro hamkorlik bo‘yicha «Bir makon – bir yo‘l» ikkinchi forumini 2019 yili o‘tkazadi», — degan Xitoy rahbari.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham forum yakunida chiqish qilgan.
«Janob Si Jinping keyingi uchrashuv 2019 yilda bo‘lib o‘tishini e'lon qildi. Bu forum qanday samara beradi, buni hayot ko‘rsatadi. Aytganlarimiz amalga oshadimi, yo‘qmi, biz shu ish bilan shug‘ullanamiz», degan Putin.
14–15 may kunlari Pekinda o‘tkazilgan forumda 29 mamlakat rahbari qatorida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39 / 30.06.2026
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026