20:44 / 16.05.2017
5815

O‘zbekiston TIVda Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: UzDaily

16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi prezidenti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sergey Chebotarev boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. 

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlarga oid ikki tomon kun tartibining amaliy masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuvda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev ham ishtirok etgan.

Top