Shavkat Mirziyoyev yana Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yilning 19—20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 6—7 mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston – Turkmaniston muloqoti va Turkmanboshi shahridagi uchrashuv va muzokaralarning davomi bo‘ladigan ushbu tashrifda mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Orol fojiasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlaridan kelgan bir guruh bolalar dam olayotgan «Avaza» milliy sayyohlik zonasiga ham tashrif buyuradi.
Davlat rahbarlarining muzokaralari yakunida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Tashrif doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli tijorat shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Top-menejerlarga fidutsiar majburiyat yuklash: afzalliklar va risklar
O‘zbekiston | 10:48
-
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 10:44
-
Energiya samaradorligi milliy agentligi nimalar bilan shug‘ullanadi?
O‘zbekiston | 10:28
-
Vens Rossiya va Ukrainani to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi
Jahon | 10:09
Mavzuga oid

17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025