O‘zbekiston | 19:51 / 17.05.2017
94966
2 daqiqa o‘qiladi

Top-5: O‘zbekistonda qaysi kasb egalariga ehtiyoj katta? 

DaVinci Solutions kompaniyasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan an'anaviy HR-anjumani mavzusi «Iste'dodlarni jalb qilish va rivojlantirish»ga bag‘ishlandi. «Kun.uz» muxbiri ham ushbu anjumanda ishtirok etdi.

Anjumanga maxsus mehmonlar, spikerlar, xorijiy ekspertlar tashrif buyurdi va ular yosh iste'dod egalarini jalb etish bo‘yicha tavsiyalar, tajribalar haqida o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, HR sohasidagi innovatsiyalar to‘g‘risida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. 

Muhokamalar chog‘ida  ayni damda O‘zbekistonda eng talabgir bo‘lgan mutaxassislar beshligi e'lon qilindi: 
1. IT dasturchi
2. HR direktor
3. Marketolog
4. Kimyo texnologi
5. Muhandis

Mazkur reyting DaVinci Solutions tomonidan yarim yil davomida bo‘sh ish o‘rinlari e'lon qilinuvchi saytlar hamda ish beruvchi kompaniyalar o‘rtasida o‘tkazgan tadqiqoti natijasida tuzilgan.

Mavzuga oid