19:19 / 22.05.2017
5899

Britaniyalik aktyor Xyu Grant 25 yildan keyin televideniyega qaytmoqda

Foto: variety.com

Britaniyalik taniqli aktyor Xyu Grant deyarli 25 yildan keyin Britaniya televideniyesiga qaytmoqda, deb xabar bermoqda Variety nashri.

U real voqealar asosida suratga olinadigan "O‘ta inglizcha mojaro" nomli dramada isnodga qolgan siyosatchi rolini ijro etadi. Teleloyiha uchta qismdan iborat bo‘ladi va BBC One kanali orqali namoyish etiladi. 

Filmga Grant avvalroq suratga tushgan "Florens Foster Jyenkins" filmi rejissyori Stiven Frirz bo‘ladi. Aktyor bu surat uchun "Oltin globus" va BAFTA mukofotlariga da'vogarlik qilgandi.

Yangi filmning bosh qahramoni zamonaviy tarixda sud oldida qotillik uchun javob bergan birinchi britaniyalik siyosatchi Jyeremi Torp hisoblanadi. 1979 yilda o‘sha vaqtda Liberal partiya yetakchisi va oxirgi 100 yil ichida britan siyosiy partiyalari yetakchilari orasidagi eng yoshi bo‘lgan Torp o‘zining sobiq ma'shuqasi Norman Skottni o‘ldirish uchun jinoiy til biriktirganlikda ayblangan.

Top