Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahrida arab-musulmon mamlakatlari va AQŞ sammiti bölib ötdi. 

Sammitda Islom hamkorlik taşkilotiga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari va AQŞ prezidenti, BMT, Arab davlatlari ligasi, Fors körfazi arab davlatlari hamkorligi kengaşi boş kotiblari iştirok etdi. 

Saudiya Arabistoni podşohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud forum iştirokçilarini qutlar ekan, ularning iştiroki sammit nufuzini oşirişda muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidladi. 

Arab-musulmon davlatlari va AQŞ sammitida iştirok etgan mamlakat yetakçilari birga suratga tuşişdi. Şavkat Mirziyoyev öngdan ikkinçida, Donald Tramp çapdan uçinçida.

Mazkur forum ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş, bağrikenglik ğoyalarini ilgari surişi, xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir. 

«Dunyoda tinçlik va barqarorlikni ta'minlaş, terrorizm va zöravonlikka qarşi birgalikda kuraşiş arab-musulmon mamlakatlari va AQŞ sammiti kun tartibidagi asosiy masala hisoblanadi. Tinçlikka tahdidlarning oldini oliş, barça davlatlarning milliy-diniy qadriyatlari va madaniyatlarini saqlaş sammit iştirokçilari diqqat e'tiborida böldi», deyiladi ÖzA xabarida.

Bu borada mamlakatimizda mustaqillik yillarida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Birinçi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oşirilgan va bugun izçil davom ettirilayotgan tinçlikparvar siyosat bu ezgu intilişlarga tayanç bölmoqda. Markaziy Osiyoning yadro qurolidan xoli hududga aylantirilişi tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş işiga katta hissa bölib qöşildi. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining 1999 yilgi Istanbul sammitida BMT huzurida terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça xalqaro markaz taşkil etiş ğoyasini ilgari surdi. 2001 yil 28 sentabrda BMT Xavfsizlik kengaşi doirasida terrorizmga qarşi kuraş qömitasining taşkil etilgani bu ğoyaning amaldagi natijasi böldi. 

Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, diniy bağrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlaş masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan. Taşqi siyosat va taşqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy bazasini, xalqaro hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillaştiriş masalalari örin olgan.