Sport | 08:21 / 23.05.2017
8542
1 daqiqa o‘qiladi

Uddalab bo‘lmas topshiriq: «Zenit-Arena»da navbatdagi muammo

Konfederatsiyalar Kubogi boshlanishiga 1 oy muddat qolgan bo‘lishiga qaramay, "Zenit-Arena" stadionidagi maysalarni ko‘chirish ishlari boshlandi. Bu jarayon tasvirlangan suratni Instagram foydalanuvchisi sahifasiga joylagan. 

Avvalroq, maydonning ahvoli yomonligini tomoshabinlar ham ta'kidlashgan edi. Shuningdek, ular stadionning tom qismi ham suv o‘tkazayotganiga e'tibor qaratishgan edi. 

"Fontanka" xabariga ko‘ra, Konfederatsiyalar Kubogini o‘tkazish vaqtida maydonga qisqa muddat xizmat qiladigan rulonli maysalar yotqiziladi. 

Konfederatsiyalar Kubogi 17 iyun kuni Rossiya hamda Yangi Zelandiya terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yin bilan ochiladi. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid