Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada terrorchilik xavfi darajasi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Buyuk Britaniyada terrorchilik xavfi darajasi Manchesterdagi teraktdan keyin eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Tereza Mey hukumatning favqulodda qo‘mitasi COBRA’ning kechki yig‘ilishidan keyin ma'lum qildi.
"Mutaxassislar olib borilayotgan tergov asosida terrorchilik xavfi darajasi jiddiydan favqulodda darajagacha oshirilishi kerakligi haqidagi xulosaga kelishdi", deb ma'lum qildi Mey.
Mey mamlakatda istalgan vaqtda yangi terakt sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi. "Bu nafaqat hujum amalga oshirilishi ehtimoli borligini, balki uning muqarrar sodir etilishi mumkinligini anglatadi", deb qo‘shimcha qildi Mey.
Meyning aytishicha, bunday qaror tergov Manchesterdagi terakt ortida bir guruh odamlar turishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelgandan keyin qabul qilingan.
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon shu munosabat bilan mamlakatdagi xavfsizlikni ta'minlashga harbiylarni jalb qilishga ruxsat berdi.
"Politsiya mudofaa vaziriga harbiylarni jalb qilish yuzasidan murojaat qildi va vazir ijobiy javob berdi", deb aytdi Mey.
Harbiylar politsiya patrullarini kuchaytiradilar, ba'zi joylarda – tadbirlar va odamlar gavjum joylarda xavfsizlikni ta'minlashda politsiyachilar o‘rnini egallaydilar. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, gap minglab harbiylarni jalb qilish haqida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 22 may kechki vaqt "Manchester Arena" majmuasida konsert vaqtida terrorchi-xudkush portlashni amalga oshirdi. Buning oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 59 kishi yaralandi. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida ko‘plab yosh bolalar bo‘lgan. Kamida 8 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. Politsiya teraktni amalga oshirishda 22 yoshli Salmon Abedini gumon qilmoqda.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
09:01 / 09.07.2026
Ayrim harbiylar uchun ijara puli 25 foizga oshadi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026