Jamiyat | 22:32 / 26.05.2017
8791
2 daqiqa o‘qiladi

Kosta-Rikada antiqa ananaslar yetishtirila boshlandi

Foto: Del Monte Foods

Kosta-Rikada pushti ananaslarni yetishtirish bo‘yicha 12 yillik tajriba o‘z yakuniga yetdi. Olimlar tomondan o‘tkazilgan murakkab tajribalar muvaffaqiyatli yakunlanib, antiqa rangli ananas sotuvga chiqarildi. Pushti ananas eng ko‘p suratga olinuvchi va eng  instagrambop meva deb e'tirof etila ham boshlandi.

Pushti ananasni yetishtirish bilan ko‘p yillar davomida Del Monte Foods kompaniyasi shug‘ullangan. 2016 yil oxirida kompaniya vakillari yangi meva xalqaro sifat sertifikatini olganini ma'lum qilishgan. Joriy yil may oyida kompaniya xodimlari pushti ananaslar boshqa davlatlarga yetkazilishga tayyorligini tantanali ravishda e'lon qilishdi.

Noodatiy ananasning ilk xaridorlari tomondan uning instagramda chop etilayotgan suratlariga ko‘ra, ananas Janubiy Amerika, Gavayi va AQShning Florida shtatida sotilmoqda. E'tiborlisi, ushbu antiqa ananas nafaqat oziq-do‘kon do‘konlarida, balki gul do‘konlarida ham taklif qilinmoqda: undan turli kompozitsiyalarni yaratishda foydalanilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid