07:41 / 27.05.2017
7237

Oliy liga. «Paxtakor»da yana g‘alaba, «Dinamo»da yana mag‘lubiyat va turning boshqa natijalari

O‘zbekiston milliy chempionati – Oliy liganing 12-turida bugun 5ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

«Paxtakor» Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasini qabul qildi va qiyin g‘alabaga erishdi - 3:2. Bu g‘alabadan keyin toshkentliklar jamoasi beshinchi o‘ringa ko‘tarildi (12 o‘yindan 18 ochko), jizzaxliklar jamoasi esa 14 ochko bilan 11-o‘rinda.

Turning markaziy uchrashuvi Farg‘onada, Qo‘qonning «Qo‘qon-1912» jamoasi va Buxoroning «Buxoro» jamoasi o‘rtasida kechdi. Uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi o‘rnini mustahkamladi (12 uchrashuvda 23 ochko, ikkinchi o‘rin). «Buxoro» esa 17 ochkosi bilan beshinchi o‘rinda qolgan.

Bekobodda «Nasaf» mahalliy «Metallurg»ga yutqazdi - 0:1. Samarqandda esa «Dinamo» Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi.«Mash'al» esa «Obod»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 3:0.

Oliy liga, 12-tur
«Paxtakor» – «Sug‘diyona» 3:2

Gollar: Sergeyev (37), Karimov (39), Oraxovats (86) - Jo‘rayev (35), Isroilov (76).
«Paxtakor»: Lobanov, Andreyev, Oraxovats, Tojiyev (s), Avilov, A.Ahmedov, Kozak, Nurullayev, Karimov, Iskanderov, Sergeyev
«So‘g‘diyona»: Eshbo‘tayev, Qulmatov, Isroilov, E.Orifov, O‘runov, Mamadaliyev, Sanjar Rashidov, A'zamov, Toshpo‘latov, Jo‘rayev, Eminov.

«Mash'al» – «Obod» 3:0
Gollar: Zafar To‘rayev (6), Xumoyun Murtazoyev (32), Doniyorbek Hasanov (87, avtogol).
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Iskandar Shoyqulov, Sardor Abduraimov (61, Vladislav Pavlenko), Mirzakamol Kamolov, Humoyun Murtazoyev, Shaxzod Shaymanov, Igor Timanyuk, Asiljon Begimqulov, Avaz Agaliyev, Umedjon Sharipov (73, Abdulloh Olimov), Zafar To‘rayev (53, Kenja To‘rayev).
«Obod»: Shirinboy Abdullayev, Abror Xusinov, Umirov G‘ayrat, Sherzod Jalilov, Sanjar Rixsiboyev (81, Idris Bikmaykin), Hasanov Doniyor, Solomin Pavel (78, Navruzbek Xaipov), Ismoilov Islom, Sardor Qahhorov, Abbos Saidkarimov (67, Sunnatillo Ermatov), Timur Vasiliyev
Ogohlantirishlar:  Zafar To‘rayev (43), - Islom Ismoilov (72).

«Qo‘qon-1912» – «Buxoro» – 2:1
Gollar: Suhrob Berdiyev – 11, Murod Xolmuhammedov – 34. – Akobir To‘rayev – 78.
«Qo‘qon-1912»: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev(8. Sobir Hamidov-83) , 10. Javohir Sidiqov, 19. Suhrob Berdiyev (17. Avaz Mamatxo‘jayev,-90) 24. Ibrohim Rahimov (11. Andrey Sidorov-75), 26. Akmal Xolmurodov, 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayyevats.
«Buxoro»: 12. Akmal Tursunboyev, 2. Elbek Ravshanov (10. Bahriddin Vahobov-69), 3. Bobur Omonov, 5. Kirill Pasichnik, 9. Nozim Umurov (7. Suhrob Ne'matov – 51), 11. San'at Shixov, 20. Islom Xoliqov (96. Akobir To‘rayev – 61), 22. Shoxrux Gadoyev, 27. Robbim Hasanov, 29. Vladimir Bayenko, 77. Ivan Nagayev.

«Dinamo»  – «Qizilqum» 0:1
Gol: Ilhom Yunusov 63, - 0:1.
«Dinamo»: Temur Jo‘rayev, Mirkomil Lokayev, Xakimxon Alamxonov, Akmal Bozorov (Sardor Sulaymonov, 26), Shoxrux Xolmatov, Aleksey Nikolayev, Damir Nizanov, Orifjon Mamajonov (Abdumalik Abdullayev, 55), Amirjon Safarov, Abdujamol Isroilov, Saidjamol Davlatjonov (Firdavs Abdusalimov, 73)
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Viktor Grigorev, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Otabek Zokirov, Azamat Allaniyozov (Vohid Shodiyev, 50), Artur Gevorkyan (Azizbek Usmonov, 90), Jasur Hasanov, G‘ayrat Jumayev, Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov.

«Metallurg» – «Nasaf» 1:0 
Gol: Ayubxon No‘'monov (19).
«Metallurg»: Suxrob Sultonov, Hikmat Hoshimov, Ayubxon Nu'monov, Murodjon Toshmatov (Doniyor Ismoilov, 81), Davronbek Karimqulov, Zohid Abdullayev, Mirg‘iyos Sulaymanov, Alisher Ziyovutdinov (Doniyor Odilov, 71), Islombek Isoqjonov (Sanjar Qodirqulov, 76), Islomjon Qobilov, Jahongir Abdumo‘minov.
«Nasaf»: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov, Maqsud Karimov ( Sherzod A'zamov, 68), Azizjon G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Dilshod Rahmatullayev (Dilshod Xushbakov, 68), Baxrom Abdurahimov, Igor Golban, Saydullo Rahmatov (Doniyorjon Narzullayev, 46), Farruh Sayfiyev, Dragan Cheran.

Top