Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda Amir Olimxonning qizi surati paydo bo‘ldi
Ma'lum bo‘lishicha, Shukriya Rad Olimiy intervyu berish va o‘z suratlari bilan bo‘lishishni unchalik yoqtirmas ekan. Bu ancha tushunarsiz, sababi ayol uzoq vaqt davomida dunyoning eng yetakchi nashrlaridan birida jurnalist bo‘lib ishlagan.
Shukriya Kobulda tug‘ilgan. Otasi – Said Mir Olimxonning vafotidan so‘ng, oddiy afg‘on qizi kabi hayot kechirgan. 1966 yilda Kobul universitetining jurnalistika fakultetini tamomlab, radiojurnalist kasbini egallagan, Afg‘oniston poytaxtidagi radiostansiyalardan birida suxandon bo‘lib ishlagan. Germaniya, Hindiston, Avstraliyadagi ayollar va bolalar dasturlarida ijodkor sifatida mehnat qilgan. 1979 yilda Germaniya, keyinchalik Pokistonga, shundan so‘ng AQShga ko‘chib o‘tgan. 1982 yildan boshlab «Amerika ovozi» radiostansiyasida, doriy tilida efirga chiquvchi studiyada, 35 yil davomida ishlagan. Ayni damda Vashington yaqinida istiqomat qiladi.
Shukriya Raad Olimiy 2002 yilda bergan intervyusida shunday degan: «Men har doim hamkasblarimga, mikrofon oldida o‘tirganingda, xuddi tuqqan onang bilan gaplashayotgandek o‘zingni his et, deyman. Sababi tinglovchiga chuqur muhabbat va hurmat bo‘lishi kerak. Hattoki siz jilmayganingizda ham, kishilar sizni ko‘rishi va tinglashi mumkin».
Mavzuga oid
21:37 / 04.02.2026
Ikkinchi sinf o‘quvchisi mashina boshqarib, sinfdoshlarini sayr qildirdi
09:43 / 27.01.2026
Tuman sabab Moskva-Buxoro reyslari Samarqand va Navoiyga qo‘ndirildi
12:26 / 26.01.2026
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
11:51 / 16.01.2026