Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi terakt qurbonlari soni ortdi
Londonda 3 iyun kuni kechqurun sodir etilgan terakt qurbonlari soni 7 nafarni, jabrlanganlar soni esa 48 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda shahar politsiyasi rahbari Kressida Dik ma'lumotiga asoslanib, The Guardian xabar berdi.
Bundan avvalgi xabarlarda terakt qurbonlari soni 6 nafarligi aytilgandi.
Politsiya rahbari shaharda qurolli politsiyachilar soni oshirilishini ma'lum qilgan.
3 iyun kuni London ko‘prigida avtofurgon piyodalar ustiga yurgani haqidagi xabarlar mahalliy vaqt bilan soat 22:08 (Toshkent vaqti bilan 4 iyun, yakshanba kuni 02:08) da kelib tusha boshlagan. Avtomobil ichidan chiqqan 3 kishi odamlarga pichoq bilan hujum qilgan, keyin ular yana furgonga minib, Boro bozoriga yo‘l olishgan va u yerda ham pichoq bilan odamlarga tashlanishgan. Voqe joyiga yetib kelgan politsiyachilar ularni otib o‘ldirishgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026
Saida Mirziyoyeva Londonda nufusli xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
23:09 / 28.04.2026