Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston koinotga ulkan raketa uchirdi
Hindistonda ishlab chiqarilgan eng katta raketa Bengal ko‘rfazidagi Shrixarikota orolidagi kosmodromdan sun'iy yo‘ldosh bilan koinotga uchirildi. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, unda bu raketa-tashuvchi orbitaga boshqariluvchi kemalarni olib chiqish uchun qo‘llanishi mumkin.
Raketa Satish Dxavan nomidagi Koinot markazidagi parvoz maydonchasidan uchirildi. Geosynchronous Satellite Launch Vehicle-Mark III (GSLV-Mk III) deb nomlangan bu raketani yaratish ustida 15 yil ishlandi. Raketa og‘irligi 640 tonna kelib, balandligi 43 metrni tashkil qiladi.
GSLV-Mk III orbitaga yetkazishi kerak bo‘lgan GSAT-19 sun'iy yo‘ldoshi 3 tonnadan og‘irroq bo‘lib, bu Hindiston koinot sohasi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday og‘irlikdagi sun'iy yo‘ldoshlarni fazoga faqatgina AQSh, Rossiya, Yevropa koinot agentligi, Xitoy va Yaponiyagina jo‘nata olgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi raketa geostatsionar orbitaga 4 tonnagacha, yer atrofidagi pastqam orbitaga esa 10 tonnagacha yuk olib chiqa oladi. Hindistonning koinot tadqiqotlari tashkiloti rahbari Alur Silin Kiran Kumar agar missiya muvaffaqiyatli amalga oshsa, unda raketa-tashuvchi bilan kelajakda koinotga hind fazogirlarini yuborish mumkinligiga umid bildirdi.
Hindistonda yangi raketadan tashqari fazoga 2,5 tonna yuk olib chiqa oladigan Polar Satellite Launch Vehicle va GSLV-Mk II raketalari mavjud.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026